Iqtisodiyot

24 sentabr 2021, 21:15

Xitoyda aholi daromadlari tenglashtirilishi mumkin

Xitoyda aholi o‘rtasida boylikdagi farqni kamaytirish va xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlarini joriy qilishga doir reja e’lon qilindi.

24 sentabr 2021, 19:19

Uzbekistan Airports va Air Marakanda Samarqand aeroportini moderniyazatsiya qilish bo‘yicha bitim imzoladi

Uzbekistan Airports va Air Marakanda kompaniyalari «Samarqand» xalqaro aeroportini DXSH asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi doirasida o‘zaro bitim imzoladi.

24 sentabr 2021, 16:26

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,94 so‘mga pasayib, 10 650,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

24 sentabr 2021, 11:30

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi. Ularning yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.

23 sentabr 2021, 22:25

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi qariyb 36 mlrd dollarga yetdi

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2 milliard dollarga oshib, 35,9 mlrd dollarga yetdi. Umumiy tashqi qarzning YAIMga nisbati esa 57 foizni tashkil qildi.

23 sentabr 2021, 19:47

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaradi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi 30 yil davomida Toshkentning issiqlik ta’minoti tizimini boshqaradi. Kompaniya poytaxtning ikki tumanida sinov loyihasini amalga oshirmoqda. Tariflar isitish tizimini modernizatsiya va rekonstrutsiya qilish xarajatlarini hisobga olgan holda tuziladi va har yili 1 maygacha kengash tomonidan tasdiqlanadi. Pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yetkazilgan zararlar mahalliy budjet subsidiyalari hisobidan qoplanadi.

23 sentabr 2021, 19:01

OTB 2021−2022 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlarini yangiladi

OTBning 2021 yilgi yangilangan prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5 foiz, 2022 yilda esa 5,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. OTB 2021 va 2022 yillar uchun inflyatsiya prognozlarini mos ravishda 10 va 9 foiz darajasida saqlab qoldi. Shuningdek, joriy hisob defitsiti bo‘yicha prognozlarini oshirganini ma’lum qildi.

23 sentabr 2021, 18:53

IKEA O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

IKEA kompaniyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza yubordi. Kompaniyaning arizasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

23 sentabr 2021, 17:42 1

«Ochiq budjet» axborot portalidagi jamoatchilik fikri orqali ichki yo‘llar ta’mirlanadi

Prezident 1 oktabrgacha «Ochiq budjet» axborot portalidagi takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2022 yildan ichki yo‘llarni ta’mirlashga ajratiladigan 50 foiz mablag‘ «Ochiq budjet» axborot portalida aholi ko‘p ovoz bergan hududlarga yo‘naltiriladi.

23 sentabr 2021, 16:19

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,05 so‘mga pasayib, 10 670,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

23 sentabr 2021, 10:36

«Davlat qarzini YAIMga nisbatan 45−50% chegarasida ushlab turishni rejalashtiryapmiz» — Ahadbek Haydarov

Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning ma’lum qilishicha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababli davlat xarajatlari keskin o‘sgan. Endilikda uni pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi darajaga — YAIMga nisbatan 27% ga tushirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, hukumat kelgusi yillarda davlat qarzi darajasini 50%, budjet taqchilligini 2% chegarada ushlab turishni rejalashtirmoqda.

22 sentabr 2021, 16:39

11,9 mlrd so‘mlik tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yilganligi aniqlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi respublika hududiga olib kirilgan 11,9 mlrd so‘mlik tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yishga urinish holatini aniqladi. Ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan bojxona organlari tomonidan aniqlangan 7700 ta huquqbuzarlik holatida umumiy qiymati 547 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy ko‘chirilishining oldi olingan.

22 sentabr 2021, 16:26

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,05 so‘mga pasayib, 10 679,05 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

22 sentabr 2021, 15:12

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar

Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi loyihasining qiymati 174 million dollar. Prezident mazkur qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.

22 sentabr 2021, 09:31

Valday ekspertlari: Afg‘onistondagi transport loyihalari u yerda to‘laqonli hukumat paydo bo‘lishiga bog‘liq

Afg‘onistonda transport va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ushbu mamlakatning to‘laqonli va barqaror hukumati irodasiga bog‘liq, deyiladi «Valday» klubining yangi hisobotida. O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi orqali Pokiston portlariga chiqishga intilmoqda, biroq hisobot mualliflari dengiz savdo yo‘llariga chiqish barcha muammolarga yechim bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda.

22 sentabr 2021, 08:24

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida nutq so‘zladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi. Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi hamda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

22 sentabr 2021, 00:02

«Doing business» mualliflari «O‘zbekiston protokoli»dan bexabar — JB

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ma’lum qilishicha, «Biznes yuritish» hisoboti mualliflari va bankning mintaqadagi vakillari 2018 va 2020 yillarda reyting ma’lumotlaridagi nomuvofiqlik bo‘yicha surishtiruvda tilga olingan «O‘zbekiston protokoli»dan xabardor emas.

21 sentabr 2021, 16:37

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,10 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham ko‘tarildi.

21 sentabr 2021, 15:51

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltiriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi. Ushbu mablag‘lar davlat budjeti, xalqaro moliya tashkilotlari va bank kreditlari hisobidan ajratiladi.

21 sentabr 2021, 11:59

ITB va OPEK O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish uchun $275 mln ajratadi

Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish loyihasi uchun $275 mln miqdorida qarz ajratiladi. Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY hududlarida amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting