28 fevral, juma

Iqtisodiyot

Markaziy bank va Visa raqamli to‘lovlarni rivojlantirishda hamkorlik qiladi 

Markaziy bank va Visa O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmalarini rivojlantirishda hamkorlik qiladi.

Prezident qurilish materiallari narxini arzonlashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi 

Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Humo International kartalari Mastercard tarmog‘ida qabul qilinadi 

Humo International kartalarini Mastercard tarmog‘ida qabul qilish hamda jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

O‘zbekiston yana ikkita tezyurar poyezd sotib oladi 

O‘zbekiston 72,93 mln yevro evaziga Ispaniyaning Talgo kompaniyasidan ikkita tezyurar poyezd xarid qiladi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr qisqartiriladi 

Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi YAIM ma’lumotlaridagi tafovutlar bo‘yicha izoh berdi 

Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilgi YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha tafovutlar tarmoqlar statistikasi ma’lumotlarini qayta hisoblab chiqish natijalari bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.

Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi 

Valijon To‘rayev Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

“TAPOiCh” chorrahasidagi 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda 

Toshkentdagi Ohangaron va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistonda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Inshootni 2019-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

24 nafar tadbirkorga 2,1 trln. so‘mlik investitsiya loyihalari bo‘yicha qarorlar topshirildi 

Toshkent shahar hokimligida 24 nafar tadbirkorga 2,1 trln. so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar topshirildi.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha norma va qoidalar tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalari tasdiqlandi.

Xalq bankining «pensionerlar» kartasidan komissiyasiz naqd pul yechish mumkin bo‘ladi 

Xalq bankining pensionerlar uchun kartalaridan naqd pul yechib olishda komissiya undirilmaydi.

Galaxy tish pastalari qadog‘i Colgate dizayniga o‘xshagani uchun ishlab chiqaruvchiga qarshi ish ochildi 

Galaxy tish pastasi tashqi tomondan Colgate mahsulotlariga almashtirib qo‘yish darajasida o‘xshagani uchun mahalliy ishlab chiqaruvchiga qarshi ish ochildi.