19 noyabr, seshanba

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Biznes yuritish 2020» reytingida ko‘tarildi 

Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» yillik hisobotida O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi 

Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi 

Hukumat qarori bilan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri imzolandi 

Prezident «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Jismoniy shaxslar endilikda O‘zbekistondan 100 mln so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi naqd pulni o‘zlari bilan olib chiqib ketishlari mumkin.

Namangan sity qurilishi bo‘yicha memorandum imzolandi 

Saudiya Arabistonining Alqusaier company kompaniyasi bilan 78 gektar maydonda Namangan Sity barpo etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

100 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutani pasportsiz almashtirish mumkin 

100 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutani pasport taqdim etmasdan sotib olishga ruxsat berildi.

Jarqo‘rg‘on tumanida 144 mln dollar evaziga sement zavodi qurildi 

Surxondaryoda yiliga 1,1 mln tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega 144 mln dollarlik sement zavodi ishga tushirildi.

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Investitsiya kodeksi ishlab chiqiladi 

O‘zbekistonga kelayotgan investorlarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zLiDeP Investitsiya kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi qisqarmoqda, biroq pasayish sur’atlari sekinlashmoqda — JB 

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi qisqarishda davom etmoqda, biroq avvalgiga qaraganda ancha sekin. Jahon banki aholining zaif qatlamlari uchun ish o‘rinlarini ochish, ichki migratsiyadagi huquqiy cheklovlarni olib tashlash va arzon uy-joy bilan ta’minlashni tavsiya qilmoqda.

Qozog‘iston chorva eksportini taqiqladi 

Qozog‘iston yirik shoxli tirik chorva mollarini olib chiqishni olti oy muddatga taqiqladi.

Un narxini davlat tomonidan nazorat qilish to‘xtatildi. Hukumat nima uchun bu qarorga keldi? 

Hukumat un narxini boshqarish amaliyotiga barham berishga qaror qildi. Davlat tomonidan don yetishtirish, un va non ishlab chiqarish sohalariga berilayotgan imtiyozlar kutilgan natijani bermayotganini ko‘rsatdi.

Buxoroda faoliyatini to‘xtatgan 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari o‘z biznesini qayta boshladi 

Tadbirkorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar va yaqindan yordam berilishi natijasida 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qayta tiklandi. Viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlarining soni 52 900 dan ortdi.