8 aprel, chorshanba

Iqtisodiyot

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 1 foizga kamayishi mumkin 

BMTning yangi hisobotiga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi jahon iqtisodiyotini 1 foizga kamaytirishi mumkin. Bu ko‘rsatgichni kamaytirish uchun mamlakatlar moliyaviy rag‘batlantirish chora-tadbirlarni sog‘liqni saqlash sohasiga va kam daromadli tabaqalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishi kerak.

O‘zbekistonda «Yevro-4» va «Yevro-5» dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi 

30 martdan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bora «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Dizel yonilg‘isining narxi 300 so‘mga pasaydi 

3 apreldan boshlab, «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchalarida dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashadi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqariladi.

Turkiya o‘zbek furalariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi 

Gruzin-turk chegarasida ushlanib qolgan o‘zbek fura haydovchilariga O‘zbekistondan chiqqan kunlaridan boshlab 14 kun o‘tganidan keyin Turkiyaga kirishga ruxsat berildi.

Hindiston kompaniyasi Andijonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi 

Hindistonning Cadila Pharmaceuticals kompaniyasi «Andijon-farm» EIZ hududida farmatsevtika korxonasi tashkil etishga 50 mln dollar sarmoya kiritadi.

O‘zbekiston byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun OTBdan 1 mlrd dollar so‘radi 

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollargacha miqdorda mablag‘ ajratishni so‘radi. OTB prezidenti O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga videokonferensiya orqali ushbu jarayonni tezlashtirishini ma’lum qildi.

Tijorat banklariga kredit to‘lov muddatlarini uzaytirish ko‘rsatmasi berildi 

Markaziy bank koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklariga kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish ko‘rsatmasini berdi.

O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida YeOII bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tahlil qiladi.

728 ta holatda narxlarning asossiz ravishda oshirilgani aniqlandi 

728 ta holatda, shundan 102 tasi dorixonalarda, 2 mlrd so‘mlik mahsulotlar narxlari asossiz oshirilgani aniqlanib, aybdor shaxslarga keskin choralar ko‘rildi — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qozog‘istonda UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ish boshlandi 

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat rahbarlari Qozog‘istonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining vazifalari belgilandi 

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, davlat ulushi bor korxonalarni isloh qilish va boshqa vazifalar bilan shug‘ullanadi. 2021 yildan iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorlar joriy etiladi.

Jamshid Qo‘chqorovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 

Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati tasdiqlandi.