17 fevral, dushanba

Iqtisodiyot

Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 500 mln dollar investitsiya kiritadi 

Xitoyning Wanbang kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ob’ektlar va logistika markazlarini bunyod etishga investitsiya kiritadi.

O‘rtacha oylik maoshlar miqdori 1 mln so‘mdan oshdi — Statistika qo‘mitasi 

O‘zbekistonda yilning birinchi to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha oylik maoshning o‘rtacha darajasi 14,2 foizga oshdi.

Tekstil kompaniyalari paxtani to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlardan sotib oladi 

Tekstil kompaniyalari ilk bor paxtani to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlardan sotib oladi. «O‘zbekengilsanoat» kompaniyasi o‘rnini «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi egallaydi.

OTB Tallimarjon IES modernizatsiyasi uchun 450 mln dollarlik qarzni tasdiqladi 

Tallimarjon IESda OTBning 450 mln dollarlik qarzi hisobiga qo‘shimcha bug‘-gaz turbinalari o‘rnatiladi.

O‘zbek-qirg‘iz biznes-forumida 140 mln dollarlik shartnomalar imzolandi 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mahsulot ayriboshlash hajmi yil oxiriga qadar 250 mln dollarga yetishi mumkin.

Diqqatga sazovor maskanlar QR-kodlar bilan ta’minlanmoqda 

Xivada sayyohlar uchun diqqatga sazovor maskanlar haqida axborot olishga mo‘ljallangan QR-kodlardan foydalanish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Rieltorlik faoliyatini boshqarishni soddalashtirish taklif qilinmoqda 

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalashni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent hokimiyatlariga topshirish taklif qilinmoqda.

Venada birinchi O‘zbekiston-Yevropa ipak forumi bo‘lib o‘tdi 

Venada o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston-Yevropa ipak forumida ipakdan tayyorlangan an’anaviy va zamonaviy liboslar namoyish etildi.

Uzcard DUET kartalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi 

2018 yil 1 yanvardan DUET kartalar bo‘yicha tranzaksiyalar o‘tkazish to‘xtatiladi.

Naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibi soddalashtiriladi 

2000 dollargacha miqdordagi naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya to‘ldirish tartibi bekor qilinadi.

Prezident «Navoiy» logistika markazi faoliyatini qoniqarsiz deb topdi 

«Navoiy» intermodal logistika markazi quvvatining 20 foizdan kamrog‘i ishga solinmoqda. Prezident mutasaddi shaxslarni beparvolik va mas’uliyatsizlikda aybladi.

Noyabrda inflyatsiya 2 foizni tashkil etdi 

Noyabrda tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 2 foizga ko‘tarildi.