4 aprel, shanba

Iqtisodiyot

Prezident Soliq kodeksini yangilashga farmoyish berdi 

Prezident ilg‘or xorij tajribasi asosida soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishning yangi me’yorlari tasdiqlandi 

Prezident jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston dori vositalariga bo‘lgan talabning 74 foizi import hisobiga qoplanmoqda 

Import qilinayotgan dori vositalarining yarmidan ortig‘ini O‘zbekistonda ishlab chiqarish mumkin, biroq bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 27 foizni tashkil etmoqda.

MAK chiptalarni arzonroqqa sotishga ruxsat oldi 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» xalqaro qatnovlarga chiptalarni tannarxidan arzonroqqa sotish huquqiga ega bo‘ldi.

MAK samolyotlarida qo‘ng‘iroq qilish, SMS yozish va internetga kirish imkoni paydo bo‘ladi 

Milliy avikompaniya samolyotlarida qo‘shimcha pulli xizmatlar — qo‘ng‘iroqlar, SMS va internet paydo bo‘ladi.

Qarshi aeroporti MAK tarkibidan chiqariladi 

«Qarshi» aeroporti maxsus kompaniya boshqaruviga berilib, uning hududida «ochiq osmon» rejimi joriy etiladi.

Tashqi savdo vazirligi huzurida ekspert kengashi tashkil etiladi 

Eksport-import jarayonlarini yaxshilash ustida ishlash uchun Tashqi savdo vazirligi huzurida ekspert kengashi tashkil etiladi.

Yanvarda inflyatsiya darajasi 2,7 foizni tashkil etdi 

Yanvarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,5 foizga, nooziq-ovqat tovarlar narxi 3,5 foizga va xizmatlar narxi 1,4 foizga o‘sdi.

High Tech City loyihasining birinchi bosqichiga kirishildi 

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent hokimiyati va POSCO Daewoo 1,4 mlrd dollarga baholanayotgan High Tech City loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha bitimni imzoladi.

Toshkent metropoliteni foyda bilan chiqdi 

2017 yilda Toshkent metropoliteni foyda bilan chiqdi. Yo‘lovchi tashish hajmi esa 0,2 foizga o‘sdi.

Adham Ismoilov MB raisi o‘rinbosari etib tayinlandi 

Prezident devonining Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish xizmati bosh maslahatchisi bo‘lib ishlagan Adham Ismoilov Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati DSB boshlig‘i o‘zgardi 

Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga bungacha DSQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Abdusalom Yuldashev rahbar bo‘ldi.