Iqtisodiyot

21 iyul 2017, 13:59

Andijon viloyatida sement zavodi quriladi

Andijon viloyatida yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod 2019 yilda ishga tushadi.

21 iyul 2017, 12:40

Prezident soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha ekspert komissiyasini tashkil etdi

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert komissiyasi O‘zbekiston soliq tizimini rivojlangan davlatlar tajribalariga muvofiq tarzda yuritish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi.

21 iyul 2017, 11:13

«O‘ztreyd» Mozori Sharifda savdo uyini ochadi

«O‘ztreyd» kompaniyasi Mozori Sharifda o‘zbek-afg‘on savdo uyini ochadi.

20 iyul 2017, 19:59

«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l tarmog‘i joylashgan hudud obodonlashtiriladi

«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab joylashgan 3078 ta uy rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi.

19 iyul 2017, 13:51

Hisoblagichsiz gaz iste’molchilariga ikki barobarlik tarif haqidagi qaror bekor qilindi

1 oktyabridan hisoblagich bo‘lmagan iste’molchilarga gaz yetkazib berganlik uchun ikki barobar oshirilgan tarif joriy etilishi to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi.

18 iyul 2017, 11:45

«Navoiy» EIZdagi 10 ta yangi kompaniya 70 mln dollarlik sarmoya kiritadi

«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida qariyb 70 mln dollarlik sarmoya kirituvchi 10ta yangi korxona ochildi.

18 iyul 2017, 00:10

Prezident dori-darmon bo‘yicha navbatdagi qarorni imzoladi

«O‘zmedeksport» korxonasiga ijtimoiy ahamiyatga molik dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha import xaridlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. SSV o‘z ijtimoiy dorixonalar tarmog‘ini yaratadi.

17 iyul 2017, 18:58

Iqtisodiyot vazirligi biznes muhitni yaxshilash to‘g‘risidagi takliflarni jamlamoqda

Tadbirkorlar Iqtisodiyot vazirligiga O‘zbekistonda biznes muammolarini hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

17 iyul 2017, 18:43

YeI O‘zbekistonda bog‘dorchilikni rivojlantirishga 21,5 mln yevro ajratadi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha 21,5 mln yevrolik loyihani amalga oshiradi.

17 iyul 2017, 13:19

O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviareyslar sonini oshiradi

Toshkentda Bishkekka aviareyslar sonini oshirish hamda O‘zbekiston poytaxti va boshqa shaharlaridan Tomchiga (Issiqko‘l) reyslar ochish muhokama qilindi.

14 iyul 2017, 15:21

Iyun oyida poytaxtdagi kvartiralar narxi 2% ga tushdi

Poytaxt ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar iyun oyida 2 foizga arzonlashdi.

14 iyul 2017, 14:33

O‘zbekistonda gidroponikani rivojlantirish rejalashtirilmoqda

Barcha viloyatlarda gidroponika texnologiyasi qo‘llanilgan issiqxonalarni qurish rejalashtirilmoqda.

12 iyul 2017, 12:03

Tezyurar elektropoyezd Shahrisabzga qadar boradi

«Qarshi-Kitob» temir yo‘l tarmog‘i elektrlashtiriladi, loyiha 2018 yil so‘ngiga qadar amalga oshiriladi.

11 iyul 2017, 21:35

M-39 avtomobil yo‘lining Qozog‘iston orqali o‘tuvchi uchastkasi ochildi

Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi M-39 yo‘lining Qozog‘iston orqali o‘tuvchi uchastkasi yana ochildi.

11 iyul 2017, 16:03

SAP O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashadi

AKT vazirligi va «SAP MDH» O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

11 iyul 2017, 12:23

Samarkand city turizm zonasi tashkil etiladi

Samarqand hududida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda Samarkand city turizm zonasi tashkil etiladi.

10 iyul 2017, 14:53

Dollarning rasmiy kursi 4000 so‘mlik chegaradan oshdi

Markaziy bank 11 iyuldan AQSH dollari kursini 4014,5 so‘m etib belgiladi.

9 iyul 2017, 17:55

Banklar likvidligiga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi

Banklarning lahzali likvidlilik koeffitsiyenti yil oxiriga qadar 20 foizga qadar oshirilishi kerak.

8 iyul 2017, 17:27

GM Uzbekistan yangi modellarni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

GM Uzbekistan ikkita yangi avtomobil modeli — sedan va ixcham krossover ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

8 iyul 2017, 15:01

Prezident kovulchilikni rivojlantirish bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etishni taklif qildi

Namangan viloyatida 3000 gektardan ziyod maydonda kovul yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Prezident ushbu yo‘nalishni rivojlantirish uchun assotsiatsiya tashkil etishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting