6 aprel, dushanba

Iqtisodiyot

O‘zbekiston 2026 yilgacha gaz zaxirasini 361 mlrd kub metrga oshirish niyatida 

2020−2025 yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxirasi 361 milliard kub metrga, neft esa 20,4 million tonnaga ko‘payishi mumkin.

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot hamkorlik markazi ochildi 

Toshkentda O‘zbekiston-Koreya Elektron hukumati va raqamli iqtisodiyot hamkorlik markazi ochildi. Markaz loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil muddatga 2 million dollar miqdorida grant ajratilishi belgilangan.

«Yangi Angren» IESda energoblok o‘chirildi 

«Yangi Angren» IESning 4-energobloki nosozlik yuzaga kelishi natijasida to‘xtatildi. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Chorvachilik uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi 

2020−2022 yillarda chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va import qilishga davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.

2021 yildan don uchun davlat buyurtmasi kamaytiriladi 

G‘alla xaridida davlat buyurtmasidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, prezident qarori bilan Qishloq xo‘jaligiga yuklatilgan vazifa va vakolatlar qayta ko‘rib chiqiladi.

Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri tashkil etiladi 

Qibray tumanida Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri tashkil etiladi. Uning hududida Farmatsevtika texnik universiteti va sanoat zonasi joylashadi.

Temir yo‘l va aviaxizmatlar raqobatbardosh emas — prezident 

Prezident Shavkat Mirziyoyev samolyot va poyezdlarda xizmatlar sifatining pastligi va chiptalar narxi qimmat ekanligini tanqid qildi.

Manzil-koloniyalardagi 68 nafar mahkumga pensiya tayinlangan 

Qonunchilikdagi yangilikka binoan, manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan 68 nafar mahkumga pensiya tayinlangan. Ammo shu toifa mahkumlarning 300dan ortig‘i davlat pensiyasini olish yoshiga yetgan. Pensiya jamg‘armasi vakili Shuhrat Utaganov ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

Alisher Mirzayev «Kapitalbank» rahbari bo‘ldi 

Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda 

Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.

Aholi va ishbilarmonlarning inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi — MB 

Aholi va ishbilarmonlarning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi. Markaziy bank esa 2020 yil uchun inflyatsion prognozni 12−13,5 foiz darajasida saqlab qoldi.

Germaniyaning DEG korporatsiyasi «Kafolat» aksiyalarini sotib olmoqchi 

Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft) investitsiya korporatsiyasi «Kafolat» sug‘urta kompaniyasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Korporatsiya sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniyalar rivojiga hissa qo‘shadi.