Iqtisodiyot

OTB O‘zbekiston uchun iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshiladi, biroq aholi daromadlari pasayganini qayd etdi
23 sentabr 2023, 15:38

OTB O‘zbekiston uchun iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshiladi, biroq aholi daromadlari pasayganini qayd etdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 5 foizdan 5,5 foizga yaxshiladi. Bank ish haqi va pensiyalar oshishiga qaramay, aholining real daromadlari kamaygani sababli iste’molning sekinlashishiga ishora qilmoqda. Inflyatsiya kutilmalari esa MB prognozidan ancha yuqoriligicha qolmoqda.

IndiGo Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
23 sentabr 2023, 10:45

IndiGo Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 200 so‘mdan oshdi
22 sentabr 2023, 17:34

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 200 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan dollar kursi o‘zining tarixiy maksimal qiymatini yangiladi va 12 200 so‘m chegarasidan o‘tdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 8,6 foizga qadrsizlandi.

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz va elektr energiyasi tannarxini e’lon qildi
22 sentabr 2023, 15:30

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz va elektr energiyasi tannarxini e’lon qildi

O‘zbekistonda 1 kVt/soat elektr energiyasi tannarxi 970 so‘mni (2022-yil may oyidan +21,2% oshgan), gazning bir kubometri 1890 so‘mni (+35%) tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Kuni kecha Energetika vaziri bir kVt/soat elektr energiyasi narxi 800 so‘mdan oshganini aytgandi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov prezident Mirziyoyev bilan nimalar haqida gaplashdi?
22 sentabr 2023, 15:03

Iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov prezident Mirziyoyev bilan nimalar haqida gaplashdi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga safari davomida u yerdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashgandi. Uchrashuvda qatnashgan iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov tadbir tafsilotlarini ma’lum qildi. Davlat rahbari ularni kuzatib borishini ta’kidlagan va ularni “ochiq gapirishga” chaqirgan.

Farg‘ona viloyatida elektrobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
22 sentabr 2023, 12:59

Farg‘ona viloyatida elektrobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Xitoy kompaniyasi bilan yillik quvvati 1000 dona bo‘lgan elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Shuningdek, elektromobillarni quvvatlash uskunalarini va elektrobuslarga akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Farg‘ona shahriga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi
22 sentabr 2023, 12:24

Farg‘ona shahriga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi

Bir qismi O‘zbekistonga o‘tgan Kampirobod suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortib kelinadi. Bu bo‘yicha kelishuvga Farg‘ona viloyati hokimining Xitoyga tashrifi davomida erishildi.

15 turdagi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etildi
21 sentabr 2023, 17:04

15 turdagi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati kengaytirildi. Unga minora kranlari, o‘zgaruvchan tok generatorlari va boshqalar kiritildi.

Visa kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi
21 sentabr 2023, 15:27

Visa kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi

Markaziy Osiyoda 30 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan Visa raqamli to‘lovlar kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi. Kompaniya rahbarlari mazkur yangilik mamlakatda barcha moliya institutlari va savdo hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun yordamning kuchayishini qayd etdi.

Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda
21 sentabr 2023, 11:38

Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Citibank O‘zbekistonda sho‘’ba banki ofisini ochishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev bu taklifni Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan bilan uchrashuvda ma’qulladi.

Toshkent markazidagi “Sharq” va O‘zA binolari sotuvga qo‘yiladi
20 sentabr 2023, 23:45

Toshkent markazidagi “Sharq” va O‘zA binolari sotuvga qo‘yiladi

“Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va O‘zA ko‘chiriladi, ularning Toshkent markazidagi 1975−1979-yillarda qurilgan binolari sotuvga qo‘yiladi. Bu yerda “zamonaviy shaharsozlik talablariga javob beradigan yagona mulkiy majmua”ni yaratish rejalashtirilmoqda.

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda
20 sentabr 2023, 21:53

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda

Iqtisodiyot vazirligi olti oyda 2,6 mlrd kub metr — 2022-yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobar ko‘p gaz import qilganini bildirdi. Bu Statistika agentligi ma’lumotlaridan farq qiladi va MB rahbarining gaz importi tufayli budjet taqchilligi oshgani haqidagi so‘zlariga qisman oydinlik kiritishi mumkin.

“Lukoyl” yil boshidan buyon O‘zbekistonga MTB bo‘yicha 103,1 million dollar to‘lagan
20 sentabr 2023, 15:10

“Lukoyl” yil boshidan buyon O‘zbekistonga MTB bo‘yicha 103,1 million dollar to‘lagan

Yilning birinchi yarmida Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi gaz qazib olish bo‘yicha mahsulot taqsimlash bitimiga binoan O‘zbekistonga 103,1 million dollar to‘ladi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Boshqa MTB loyihalari uchun ma’lumotlar berilmagan.

IHRT 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish sekinlashishini kutmoqda
20 sentabr 2023, 12:36

IHRT 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish sekinlashishini kutmoqda

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti prognoziga ko‘ra, 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish o‘rtachadan past darajada — 3 foiz bo‘lib qoladi. Ekspertlar aksariyat mamlakatlarda inflyatsiya markaziy banklar maqsadli ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishda davom etishini kutmoqda.

UZINFOCOM O‘zbekistonda birinchi bo‘lib K-root serverini ishga tushirdi
20 sentabr 2023, 11:55

UZINFOCOM O‘zbekistonda birinchi bo‘lib K-root serverini ishga tushirdi

UZINFOCOM yagona integratori K-root DNS serverini ishga tushirdi. O‘zbekistonda ildiz serverni joylashtirish veb-resurslarga kirish jarayonini tezlashtirishi va xorijiy serverlarga tobelikni kamaytirishi aytilmoqda.

OTB va FTA O‘zbekistonda elektr energiyasini taqsimlash tizimini raqamlashtirish uchun 275 mln dollar ajratdi
20 sentabr 2023, 11:36

OTB va FTA O‘zbekistonda elektr energiyasini taqsimlash tizimini raqamlashtirish uchun 275 mln dollar ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 26 ta elektr taqsimlash podstansiyasini raqamlashtirish uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi esa 70 million yevro ajratdi. Bu ekstremal ob-havo hodisalari paytida mintaqaviy elektr energiyasi uzilishlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan tashkilotga a’zolik masalasini muhokama qildi
20 sentabr 2023, 10:42

Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan tashkilotga a’zolik masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkda Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlarni muhokama qildi. Unda ishchi guruh yig‘ilishiga tayyorgarlikni tezlashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish va qonunchilikni JST talablariga uyg‘unlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish — O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlaridan biri” — prezident
20 sentabr 2023, 07:26

“JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish — O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlaridan biri” — prezident

“Yaqin orada JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.

O‘zbekiston hukumati hokimiyatlarga kommunal xizmatlar tariflarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi
19 sentabr 2023, 18:18

O‘zbekiston hukumati hokimiyatlarga kommunal xizmatlar tariflarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi

Vazirlar Mahkamasi hokimiyatlarga issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, shuningdek, shahar yo‘lovchi transporti tariflarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

Shavkat Mirziyoyev XVF rahbari bilan islohotlar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
19 sentabr 2023, 14:43

Shavkat Mirziyoyev XVF rahbari bilan islohotlar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Nyu-Yorkdagi uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti va XVF rahbari Kristalina Georgiyeva fondning moliya sohasi barqarorligini kompleks tahlil qilish, iqtisodiy siyosatni takomillashtirishga hissa qo‘shish va mutaxassislar salohiyatini oshirish dasturini amalga oshirishdagi ishtirokini muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting