7 iyun, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

11 may 2020, 12:18

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda

AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.

11 may 2020, 12:03

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1900 kishiga yaqinlashdi

Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1897 kishiga yetdi.

11 may 2020, 11:50

“Qanotchi” restoranining ochilishi sinov maqsadida bo‘lgan — Toshkent shahar IIBB

“Qanotchi” restoranining faoliyati davom etayotganligi haqidagi ma’lumotlarga Toshkent shahar IIBB o‘z munosabatini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, restoran umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini o‘rganish maqsadida sinov tariqasida ochilgan.

9 may 2020, 23:53

COVID-19: kunlik holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2349 taga, sog‘aygan bemorlar 1804 nafarga yetdi.

8 may 2020, 23:55

Koronavirus statistikasi: yangi holatlar, tuzalganlar, hududlardagi holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2325 taga yetdi (+1). Kun davomida rekord darajada sog‘ayish qayd etildi — 119 nafar.

8 may 2020, 15:30

10 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi (jami — 2324)

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 10 taga ko‘payib, jami 2324 taga yetdi.

8 may 2020, 14:30

O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida Tojikistonga jo‘nab ketdi.

8 may 2020, 14:01

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1721 kishiga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 583 nafarni tashkil etmoqda.

8 may 2020, 10:16

Koronavirus bemorlari soni 2300 dan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 2314 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 648 kishi davolanmoqda, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab 371 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi.

8 may 2020, 08:02

“Niqobni yechish taqiqlanadi” — prezident

“Hozircha niqobni yechish mumkin emas. Biz ushbu sharoitlarda ishlash va yashashni o‘rganishimiz kerak”. Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyodagi pandemiya rivojini hisobga olgan holda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari sharoitida yashash va ishlashni o‘rganish zarur.

8 may 2020, 07:22

9-may kuni ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi

Karantin munosabati bilan O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda faxriylarni ziyorat qilish taqiqlandi. Bayramni oila davrasida nishonlash tavsiya qilindi.

7 may 2020, 23:48

Koronavirus holatlari soni 2300 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 2298 taga yetdi. Kun davomida 65 ta yangi holat qayd etildi.

7 may 2020, 23:44

O‘zbekiston yana 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirmoqda — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rossiya, Turkiya, BAA va boshqa davlatlarda qiyin vaziyatda qolib ketgan 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

7 may 2020, 20:47

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati may oyining ikkinchi yarmidan qayta tiklanadi

Germaniya may oyining ikkinchi yarmidan futbol bo‘yicha chempionatni qayta tiklaydi. Angliya va italyan jamoalari ham o‘z turnirlarini yakunlab olishni xohlashmoqda, biroq hukumatlar qarorlarini kutishga majbur. Fransuz chempionati aprel oyida “Pari Sen-Jermen"ning muddatidan oldingi g‘alabasi bilan yakunlandi.

7 may 2020, 20:26

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1656 nafarga yetdi

Bugun 79 nafar koronavirus bemori tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 1656 nafarga yetdi.

7 may 2020, 20:23

Tuman va shaharlar ham qizil, sariq va yashil hududlarga ajratiladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash bo‘yicha topshiriq berildi. “Ertaga „yashil“ viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

7 may 2020, 16:04

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1600 kishidan oshdi

Toshkent shahrida 32 nafar va Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi. Jami mamlakat bo‘ylab virusdan sog‘ayganlar soni 1624 nafarga yetdi.

7 may 2020, 14:48

Koronavirusga qarshi kurashayotgan 16 ming tibbiyot xodimi rag‘batlantirildi

Koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga respublika bo‘yicha 16 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb qilinib, ularga qariyb 55 mlrd so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish va qo‘shimcha kunlik to‘lovlar to‘lab berildi.

7 may 2020, 10:06

Koronavirus bemorlari soni 2266 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 33 nafarga ortib, jami 2266 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 679 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

6 may 2020, 23:55

Koronavirus holatlari soni 2233 taga yetdi (hududlar statistikasi)

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 2233 taga yetdi. Yangi holatlar, sog‘ayganlar va davolanishdagi bemorlar statistikasi — hududlar kesimida.