Koronavirus

12 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 32,2 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 232 nafarga ortib, jami 32215 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

11 avgust 2020, 20:44

Yana 160 mingta oila moddiy yordam oladi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 160 mingta oila moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatidan («temir daftar») chiqarildi. Ular o‘rniga yana shuncha yangi oila kiritildi va ularga ham bir martalik moddiy yordam to‘lanadi.

11 avgust 2020, 18:18

Samarqand viloyatida karantin qoidalari yumshatiladi

Samarqand viloyatida 12 avgustdan ayrim sohalarda karantin qoidalari yumshatilmoqda. Jumladan, avtomobillarda stikersiz harakatlanish, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va boshqalar faoliyatini tashkil etishga ijozat berilmoqda.

11 avgust 2020, 15:08

Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini, tez orada vaksina katta miqdorda ishlab chiqarila boshlanishini ma’lum qildi. Ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.

11 avgust 2020, 13:52

OTB vitse-prezidenti — investitsiyalarning to‘rtta yo‘nalishi haqida

Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shisin Chen Osiyo mamlakatlariga pandemiya sababli yuzaga kelgan inqirozni yengishda yordam beradigan to‘rtta yo‘nalishni taklif qildi. Ular orasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalari ham bor.

11 avgust 2020, 12:18

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 20 mlndan oshdi. Bunda, 12,35 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 736 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgacha AQSH, Braziliya va Hindistonda eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

11 avgust 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 31,5 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 241 nafarga ortib, jami 31545 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.

10 avgust 2020, 10:07

Koronavirus holatlari 30,8 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 211 nafarga ortib, jami 30820 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 176 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 11 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.

9 avgust 2020, 01:58

Koronavirus holatlari soni 30 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 29918 taga (kunlik o‘sish 693 ta), sog‘ayganlar — 21316 nafarga (+936), vafot etganlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumoti bo‘yicha, 188 nafarga (+5) yetdi.

8 avgust 2020, 00:46

Kun davomida 690 ta koronavirus holati qayd etildi, 793 bemor sog‘aydi

Juma kuni O‘zbekistonda 690 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 29 225 taga yetdi. Sog‘ayganlar 20 ming nafardan oshdi.

7 avgust 2020, 18:13

Koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

Koronavirusga chalingan abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlariga kiritilmaydi. Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari imtihonlardan 4 kun o‘tgandan keyin alohida o‘tkaziladi.

7 avgust 2020, 16:30

Shifokor koronavirusli pnevmoniyani davolash va to‘g‘ri nafas olish haqida

Koronavirusli pnevmoniya oddiy pnevmoniyadan qanday farq qiladi, u qanday davolanadi, kompyuter tomografisining ahamiyati nimada, nafas olish bo‘yicha qanday mashqlar qilish mumkin? Anhor.uz nashrining koronavirus bemorlarini davolovchi ftiziatr Nadejda Shklovets bilan intervyusini taqdim etamiz.

7 avgust 2020, 13:09

«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi» — Senat raisi

«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur», — deya ta’kidladi Senat raisi Tanzila Norbayeva.

7 avgust 2020, 12:44

Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari 1 mlrd 750 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-taroj qilishgan

Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining 1 mlrd 750 mln so‘mdan ziyod mablag‘i talon-taroj qilingan, deya ma’lum qildi senat raisi Tanzila Norbayeva. U shuningdek «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi qonun ishlamayotganiga e’tibor qaratdi.

7 avgust 2020, 11:57

Senat koronavirus qurbonlarining xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladi

Senatorlar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa fuqarolarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.

7 avgust 2020, 10:06

Koronavirus holatlari 28,8 mingdan oshdi (+274)

COVID-19 bemorlari soni 274 nafarga ortib, jami 28809 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 36 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shu yuilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.

6 avgust 2020, 10:49

Toshkentda 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil etildi (ro‘yxat)

Poytaxtda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida jami 3 084 ta o‘rinli 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil qilindi.

6 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 28 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 28069 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 147 nafari Toshkent shahrida va 129 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

6 avgust 2020, 06:46

Covid-19 o‘sish ko‘rsatkichi ikki kun ketma-ket 746 ta bo‘ldi

Kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni bir kun avvalgi singari 746 ta bo‘lib, jami 27793 taga yetdi.

5 avgust 2020, 14:16

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz» — Prezident

«Biz karantinni qancha uzoq vaqt davom ettirsak, odamlarni shunchalik qiynab qo‘yamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. U zudlik bilan koronavirus bilan kasallangan barcha bemorlarni qamrab oladigan davolash tizimini yo‘lga qo‘yishni buyurdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting