28 sentyabr kuni O‘zbekistonda 477 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi va jami holatlar soni 55878 taga yetdi. 2 kishi infeksiya asoratlaridan vafot etdi.
Xalq ta’limi vazirligi bolasini masofaviy ta’lim shaklida o‘qitayotgan oilalarda farzandining onlayn o‘qishi uchun sharoit yaratib bermagan ota-onalarga nisbatan chora ko‘rilishi haqidagi savolga javob berdi.
O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga borayotgan fuqarolardan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotnomalar aniqlanmoqda. Bundan tashqari, ularning ayrimlarida COVID-19 qayd etilmoqda. Shu sababli Janubiy Koreya elchixonasi test natijalari ustidan konsullik nazorati tizimini joriy etdi.
O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus holatlari soni 55593 taga yetdi. Yakshanba kuni 448 kishining infeksiyaga chalingani tasdiqlandi.
26 sentyabr kuni O‘zbekistonda 491 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topib, aniqlangan barcha holatlar soni 55 mingtaga yaqinlashdi.
COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berildi. Gripp va koronavirusga qarshi vaksinalar soddalashtirilgan tartibda olib kelinadigan dorilar ro‘yxatiga kiritildi.
25 sentyabr kuni O‘zbekistonda 496 kishida (bir kun avval — 519 ta) koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 54462 taga yetdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni esa 450 nafarga yetdi.
Rossiya O‘zbekistonga 2020 yilda 10 million doza, 2021 yilda 25 million dona koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi kutilmoqda. Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va Laxisam farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasini yuborishga kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston aniqlangan koronavirus holatlari soni 54 mingtaga yaqinlashgan bo‘lsa, kasallikdan sog‘ayganlar soni 50,4 mingdan oshdi.
Qashqadaryo viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Azizov 45 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 590 ta yangi koronavirus holati qayd etilganini ma’lum qildi. Umumiy ko‘rsatkich 53,4 mingdan oshdi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromov koronavirusga chalindi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova esa COVID-19 bilan kasallanib, davolangan va hozirda ishga chiqqan.
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlari yuzasidan savollar bor. Daryo.uz nashrining bemorlar 2−3 kun ichida «tuzalib ketayotgani» to‘g‘risidagi maqolasidan keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlar bo‘yicha batafsil statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi. Oldinroq vafot etgan koronavirus bemorlarining jinsi, yoshi, ism-sharifining bosh harflari va yashash (davolanish) joylari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlash ham to‘xtatilgan edi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi — bir haftada 2 mln kishi infeksiya yuqtirgan. Kasallanganlarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda 21 sentyabr kuni 619 kishida koronavirus infeksiyasini aniqlanib, jami holatlar soni 52259 taga yetdi. Vafot etganlar soni esa 438 (+5) nafarni tashkil etmoqda.
Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva emlash mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, OITS kasalligining turli bosqichlarida, vaksinaning asosiy vositasiga allergiya bo‘lsa va bolalarda ba’zi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davrida emlashga ruxsat berilmaydi.
Rospotrebnadzor O‘zbekiston koronavirusga qarshi «Vektor» markazi ishlab chiqargan vaksinani hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 20 sentyabr kuni 648 ta koronavirus holati aniqlandi (bir kun oldin- 614 ta). Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19−19 statistikasiga so‘nggi haftada Germaniyada davolangan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning o‘limi haqida ma’lumotni ham kiritdi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi. Avvalroq unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi. Siyosatchi oxirgi vaqtlarda Germaniyada davolanayotgan bo‘lgan.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 50 mingdan oshdi. 18 sentyabr kuni 617 ta yangi holat qayd etildi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting