7 iyun, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

21 may 2020, 17:11

Yana 14 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 14 taga ko‘payib, 2964 taga yetdi.

21 may 2020, 16:33

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2400 nafardan oshdi

Toshkentda davolanayotgan 35 bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2407 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar orasida 2 nafar Tojikiston fuqarosi ham bor.

21 may 2020, 16:14

Samarqanddagi tez tibbiy yordam markazi karantinga olindi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bemorlar va tibbiyot xodimlarida COVID-19 aniqlangani sababli karantinga olindi.

21 may 2020, 15:19

Bloomberg: Xitoyda 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi

Xitoy shimoli-sharqida 34 ta yangi koronavirus holati aniqlangani tufayli bu hududda qat’iy karantin choralari qaytadan tiklandi va 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi.

21 may 2020, 10:04

Koronavirus bemorlari soni 2950 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2950 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 565 kishi davolanmoqda, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 45 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 540 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

20 may 2020, 22:58

Koronavirus holatlari soni 2939 taga yetdi (+12)

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 12 taga ko‘payib, jami 2939 taga yetdi. Kun davomida 84 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi.

20 may 2020, 18:07

Urganchda karantin hududidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Harbiylar Urganchdagi karantin hududidan bir necha marta qochishga uringan shaxsni ushladi. U panjaradan oshib o‘tayotgan vaqtda havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan.

20 may 2020, 17:30

Surxondaryodagi eng oxirgi koronavirus bemori ham sog‘aydi

Surxondaryodagi eng oxirgi COVID-19 bemori sog‘ayib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni 2369 nafarga yetdi.

20 may 2020, 17:01

Koronavirus aniqlangan holatlar soni 2900 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga oshdi va jami 2927 taga yetdi. Yangi holatlarning 28 tasi karantindagilar, 19 tasi xorijdan kelganlar orasida aniqlandi.

20 may 2020, 16:45

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi

Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.

20 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2880 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 25 nafarga ortib, jami 2880 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 529 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 528 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

19 may 2020, 23:46

MO davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilishda pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

19 may 2020, 23:25

Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.

19 may 2020, 23:16

Kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi.

19 may 2020, 19:16

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi

25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.

19 may 2020, 18:08

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusdan sog‘aydi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hukumat boshqaruviga qaytdi.

19 may 2020, 16:05

COVID-19 holatlari soni 23 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 2825 taga yetdi.

19 may 2020, 14:32

JSST dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘chalarga sepmaslikni tavsiya qildi

Dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘cha va yopiq binolarga sepish koronavirusga qarshi kurashda samarasiz, deb hisoblamoqda JSST. Aksincha, bunday amaliyot ko‘z, nafas olish organlari va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

19 may 2020, 11:33

XVJ 375 mln dollarlik imtiyozli kreditni ma’qulladi

XVJ koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini yumshatish uchun O‘zbekistonga 375 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi.

19 may 2020, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 2800 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2802 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 475 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 515 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.