3 avgust, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

4 aprel 2020, 17:55

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus stikerlar berish vaqtincha to‘xtatildi

4 aprel soat 18:00dan boshlab avtomobillar harakatlanishi uchun stikerlar olish bo‘yicha arizalar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Qabul 6 aprel 18:00 dan qayta tiklanishi kutilmoqda.

4 aprel 2020, 17:22

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari 263 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 22 taga oshib, 263 nafarni tashkil etmoqda.

4 aprel 2020, 13:06

Karantin qoidalari 25 mingdan ortiq holatlarda buzilgan

Karantin qoidalari e’lon qilinganidan boshlab 25 mingdan ortiq qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Aksariyat holatlarda himoya niqoblari taqmaslik uchun fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

4 aprel 2020, 12:53

Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirusga test topshirdi

Senat raisi Tanzila Norboyeva, senat a’zolari va devoni xodimlari koronavirusga test topshirishgan.

4 aprel 2020, 12:17

IIV velosipedlarda harakatlanish cheklanishi haqidagi xabarni rad etdi

5 apreldan boshlab Toshkent shahrida velosipedlarda harakatlanish haqidagi xabar Ichki ishlar vazirligi tomonidan rasman rad etildi.

4 aprel 2020, 12:06

Yana 14 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 241 nafarga yetdi.

3 aprel 2020, 23:09

Yana 6 kishida koronavirus tasdiqlandi

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 227 taga yetdi.

3 aprel 2020, 22:05

Toshkentda niqob va qo‘lqoplarni tashlash uchun konteyner o‘rnatilmoqda

Toshkentda foydalanilgan niqob, qo‘lqop va boshqa koronavirusdan himoya vositalarini tashlash uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish boshlandi. Zararlanish xavfi bo‘lgani uchun tibbiy chiqindilarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirmaslik kerak.

3 aprel 2020, 20:52

Yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlanadi

O‘zbekistonda yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi. Shuningdek, karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yanada qo‘llab-quvvatlanadi.

3 aprel 2020, 20:19

Karantin vaqtida tadbirkorlar va iqtisodiyot tarmoqlariga qo‘shimcha yengilliklar berildi

Turizm sohasidagi tadbirkorlar yer-mulk soliqlaridan ozod etiladi, YATTlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi, 2 trillion so‘mlik kredit majburiyati muddati uzaytiriladi — koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha prezident farmoni.

3 aprel 2020, 19:23

Bir qator banklar mijozlarga kredit ta’tillarini taqdim etdi

Karantin sababli O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklari o‘z mijozlari uchun kredit to‘lov ta’tillari va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim qila boshladi. Hozirda bunday banklar soni 15 taga yetdi.

3 aprel 2020, 19:07

Davlat xizmatlari agentligi — stikerlar va bosimlar haqida

Kurerlik bilan shug‘ullanuvchi bir qancha kompaniya va umumiy ovqatlanish korxonalari avtomobillar uchun stiker ololmayotganidan shikoyat qildi. Davlat xizmatlari agentligi esa hujjat topshiruvchilarning xatolari, ijtimoiy tarmoqlardagi bosimlar haqida ma’lum qildi.

3 aprel 2020, 17:38

OTB: O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi koronavirus sababli sekinlashadi

OTB prognoziga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida hamda tabiiy gaz va misga bo‘lgan narxlarning pasayishi tufayli 2020 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi sekinlashadi. YAIM o‘sishi 4,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

3 aprel 2020, 17:01

Yaponiyadagi vatandoshlar O‘zbekistonga 13 ta maxsus tibbiyot karavotini jo‘natdi

Yaponiyadagi vatandoshlar O‘zbekistonga gumanitar yordam sifatida 13 ta ko‘p funksiyali maxsus tibbiyot karavotlarini jo‘natdi.

3 aprel 2020, 12:33

Karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar 22 mingdan oshdi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 22286 ta holat aniqlandi. Bir kun davomida eng ko‘p qoidabuzarlik Qashqadaryo viloyati (+390), Toshkent shahri (+344) va Farg‘ona viloyatida (+250) qayd etildi.

3 aprel 2020, 11:43

Jahon banki Afg‘onistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 100 mln dollar ajratdi

Jahon banki Afg‘onistonga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 100,4 million dollarlik grantni ma’qulladi. Bundan tashqari, Tojikiston va Qirg‘izistonga mos ravishda 11,3 va 12,15 million dollar ajratiladi.

3 aprel 2020, 10:09

O‘zbekistonda Covid-19 koronavirus bemorlari soni 221 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 16 kishi oshib, 221 nafarni tashkil etmoqda. 17 nafar bemorda pnevmoniya belgilari kuzatilgan, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari nisbatan og‘ir.

2 aprel 2020, 23:27

Koronavirus holatlari soni 200 dan oshdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 15 taga ko‘payib, jami 205 taga yetdi.

2 aprel 2020, 21:22

AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi

AQSH hukumati keng qamrovli tahlil o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini yaratish, tibbiyot muassasalarida infeksiyalar profilaktikasi va nazorati, epidemiologik nazoratni yaxshilash hamda koronavirus haqidagi dezinformatsiyaga qarshi kurashda O‘zbekistonga ko‘maklashadi. Ushbu tadbirlar uchun O‘zbekistonga 848 ming dollar ajratiladi.

2 aprel 2020, 19:16

Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirdi

2 aprel kuni O‘sh viloyatiga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan insonparvarlik yuklari yetib bordi. Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekiston hukumatiga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.