2 aprel, payshanba

Koronavirus

Poytaxtda davolanayotgan COVID-19 bemorlari qaysi hududlardan? 

SSV koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkentda davolanayotgan bemorlarning qaysi hududlardan ekanini ma’lum qildi.

XOQ Tokio Olimpiadasining yangi sanalarini e’lon qildi 

2021 yilga qoldirilgan Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarga yo‘llanma olgan barcha sportchilar ularni saqlab qolishadi.

Gonkonglik olimlar koronavirusning necha darajada o‘z kuchini yo‘qotishini aniqladi 

Gonkong universiteti olimlari COVID-19 koronavirusi qaysi darajada faol bo‘lishi va necha darajada o‘z kuchini yo‘qotishini aniqladi. Bundan tashqari, virusning plastik va po‘lat yuzalarda qancha muddat saqlanishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda Covid-19 koronavirus bemorlari soni 158 kishiga yetdi 

O‘zbekistonda tibbiy kuzatuvdagi fuqarolar soni 90 ming kishiga yetdi. «Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yurtimiz hududida aylanib yuribdi. Har birimiz ehtiyotimizni qilishimiz, ortiqcha muloqotga kirishishdan tiyilishimiz kerak», — dedi Nurmat Otabekov.

«Tibbiyot xodimlari bo‘lmasa, kim zarbani o‘ziga qabul qilib olardi?» — virusologiya instituti bosh shifokor o‘rinbosari 

Koronavirus bemorlarining asosiy qismi davolanayotgan Virusologiya instituti bosh shifokori o‘rinbosari Maxmarajab Rahmonov «Gazeta.uz»ga O‘zbekistonda COVID-19 paydo bo‘lishiga ko‘rilgan tayyorgarlik, shifokor burchi va tibbiyot xodimlarining jasorati haqida so‘zlab berdi.

Karantinda mashina boshqarish uchun ruxsatnoma berishning yangi tartiblari ishlab chiqildi 

1 kun ichida avtomobillar harakatlanishi uchun 5500 ta ruxsatnoma (stikerlar) berildi. Murojaatlar ko‘pligi bois, endilikda ruxsatnoma uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirish mumkin bo‘ladi. Barcha tibbiyot xodimlari shaxsiy yoki xizmat moshinalarida harakatlanishlariga ruxsat berildi.

Yana bir toshkentlik fuqaroda koronavirus aniqlandi 

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 1 kishiga ortib, jami 150 nafarga yetdi.

Foto: Toshkent bozorlari avtomobillar harakati taqiqlanishidan avval va keyin 

Toshkentda avtomobillar harakatiga cheklov e’lon qilinganidan keyin yakshanba kuni bozor va supermarketlarda navbatlar paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt bozorlariga tashrif buyurdi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholiga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar beriladi 

Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan yana bir prezident farmoni imzolanadi. Unda ijtimoiy himoyani kuchaytirish, narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Tijorat banklariga kredit to‘lov muddatlarini uzaytirish ko‘rsatmasi berildi 

Markaziy bank koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklariga kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish ko‘rsatmasini berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligida janubiy koreyalik ekspert ish boshladi 

Koryo universiteti (Janubiy Koreya) professori koronavirusga qarshi kurashishda xalqaro ekspert sifatida O‘zbekistonga taklif etildi.

Donald Tramp koronavirusga qarshi 2,2 trln dollarlik qonunni imzoladi 

Donald Tramp Amerika tarixida eng yirik miqdordagi iqtisodiy rag‘batlantirish qonuniga qo‘l qo‘ydi. Qonun koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan. Unga ko‘ra, past va o‘rta daromadga ega fuqarolar bir marotabalik to‘lov tarzida 1200 dollar olishadi. Har bir yosh bola uchun qo‘shimcha 500 dollar berilishi belgilangan.