16 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

9 aprel 2020, 12:08

Uy itlarini kuniga bir marotaba sayr qildirish mumkin

Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirishga ruxsat berildi.

9 aprel 2020, 11:12

UFC xususiy orolda musobaqa o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoda qariyb barcha sport tadbirlari bekor qilindi. Biroq xususiy orollardan birida UFC har hafta aralash janglar musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. UFC 249 musobaqasida o‘zbekistonlik Mahmud Murodovning ham ishtiroki kutilayotgan edi, ammo jang bekor qilindi.

9 aprel 2020, 10:51

Tojikistonga insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish uchun Tojikistonga epidemiyaga qarshi kurashda zarur bo‘ladigan tibbiy va oziq-ovqat mahsulotidan iborat insonparvarlik yordamini yubordi.

9 aprel 2020, 10:42

Chirchiqdagi noqonuniy tikuvchilik sexi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan

Chirchiq shahridagi «Aziya» to‘yxonasida tashkil etilgan tibbiy niqoblar tikuvchilik sexi faoliyati yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Soliq qo‘mitasi sexda karantin qoidalari va sanitariya talablari qo‘pol ravishda buzilganligini aytmoqda.

9 aprel 2020, 10:10

Koronavirus bemorlari soni 555 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 9 kishiga oshib, 555 nafarga yetdi.

9 aprel 2020, 00:27

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi

9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi. Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmaydi.

8 aprel 2020, 21:08

Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish cheklanadi

9 apreldan boshlab Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish cheklanadi.

8 aprel 2020, 19:42

Chirchiqda noqonuniy tikuvchilik sexi aniqlandi

Chirchiq shahrida joylashgan «Aziya» to‘yxonasida noqonuniy ravishda faoliyat olib borayotgan tikuvchilik sexi aniqlangan. Nazorat tadbiri davomida 130 mingdan ortiq tayyor tibbiy niqoblar topilgan.

8 aprel 2020, 18:44

Tomorqalar dronlar orqali monitoring qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir sektor hududida kamida 100 tadan xonadonda 1−1,5 sotixli issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ogohlantirishdan keyin ham tomorqasiga ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llaniladi.

8 aprel 2020, 18:37

«Kasallikni oilamizga kirib kelmasligi, eng avvalo, o‘zimizga bog‘liq!» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti koronavirusdan vafot etgan 40 yashar bemorning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni tartib-intizomga qat’iy rioya qilib, o‘rinsiz vahimaga tushmaslikka chaqirdi.

8 aprel 2020, 17:34

Koronavirus holatlari 545 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 545 taga yetdi.

8 aprel 2020, 15:58

Chet eldan qaytishni istamaganlarning fuqarolikdan chiqarilishi haqidagi xabar rad etildi

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga qaytishni istamagan shaxslar mamlakat fuqaroligidan mahrum qilinishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.

8 aprel 2020, 13:18

Toshkentda bir kunda 468 ta avtomobilning stikersiz harakatlangani aniqlandi

Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida bir kunda 468 ta avtomobilning stikersiz harakatlangani aniqlandi, ularning 271 tasida avtoulovlar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

8 aprel 2020, 12:20

O‘zbekiston va Rossiya pandemiya sharoitida iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya koronavirus pandemiyasi ta’sirini hisobga olgan holda yangi iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlashni rejalashtirmoqda.

8 aprel 2020, 12:15

O‘zbekistonda 60 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan

7 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda umumiy 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan.

8 aprel 2020, 11:57

Koronavirus yana 14 kishida aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 534 taga yetdi.

8 aprel 2020, 11:53

Koronavirus aniqlangan bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan 40 yoshli bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.

8 aprel 2020, 00:45

Koronavirus holatlari 520 taga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 520 taga yetdi.

7 aprel 2020, 22:06 1

Tibbiyot kollejlari negizida jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi

47 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi. Texnikum bitiruvchilari tibbiyot OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi va bakalavrning 2- bosqichidan o‘qishni davom ettiradi.

7 aprel 2020, 19:26

Amir Temur haykalidan koronavirus qachon ketishini so‘ragan yoshlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda Amir Temur haykalidan koronavirus qachon ketishini so‘rab, o‘z harakatlarini videoga olgan bir qiz va ikki yigitga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.