7 avgust, juma COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

29 aprel 2020, 15:40

Koronavirus holatlari 14 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 14 taga oshib, jami 1969 taga yetdi.

29 aprel 2020, 13:52

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 1000 kishidan oshdi

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 11 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1005 kishiga yetdi.

29 aprel 2020, 11:32

Xitoy hukumati O‘zbekistonga 100 mingta test-tizimi yubordi

Xitoy hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan 100 mingta test-tizimi 29 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keldi. Insonparvarlik yukining ikkinchi qismida tibbiy niqoblar, himoya kiyimlari va masofaviy termometrlar yetkaziladi.

29 aprel 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 1955 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 1955 kishini tashkil etmoqda.

28 aprel 2020, 23:30

So‘nggi 9 soatda yangi COVID-19 holati qayd etilmadi, tuzalganlar 1000 kishiga yaqinlashdi

So‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda, bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.

28 aprel 2020, 19:34

Olimlar O‘zbekistonda COVID-19 tarqalishi qachon to‘xtashini prognoz qildi

Singapur texnologiya va dizayn universiteti olimlari dunyoda koronavirus pandemiyasi 2020 yilning noyabrida butunlay to‘xtashini prognoz qilmoqda. O‘zbekistonda esa bu muddat may oyiga to‘g‘ri kelmoqda.

28 aprel 2020, 15:40

Yana 25 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Toshkentda navbatdagi 25 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ulardan 21 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan va 4 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 934 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

28 aprel 2020, 14:36

Koronavirus bemorlari soni 1939 kishiga, tuzalganlar esa 909 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 kishiga oshib, jami 1939 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda navbatdagi 17 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘aydi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 909 nafarni tashkil etmoqda.

28 aprel 2020, 12:31

Harbiylar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 2,1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi

Mudofaa vazirligi tomonidan hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 2,143 mlrd so‘m o‘tkazib bergani ma’lum qilindi.

28 aprel 2020, 11:37

Dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlanganlar soni 3 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan bemorlar soni jami 3 mlndan oshdi. AQSHda hozirgi paytga kelib ushbu infeksiya aniqlangan 988 ming bemor aniqlangan.

28 aprel 2020, 10:10

Koronavirus bemorlari soni 1924 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 20 nafarga ortib, jami 1924 kishini tashkil etmoqda.

28 aprel 2020, 09:16

DSQ stiker berish uchun soliqlarni avvaldan to‘lash haqidagi talablar bo‘lganini inkor qildi

DSQ soliq organlari xodimlari tadbirkorlarga avtomobildan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun yarim yillik soliqlarni avvaldan to‘lashni talab qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

27 aprel 2020, 22:33

Koronavirus holatlari soni 1900 tadan oshdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 17 taga oshib, jami 1904 taga yetdi. Kunlik o‘sish — 35 ta.

27 aprel 2020, 21:41

Aholi va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar tasdiqlandi

Ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi. Ortiqcha pensiya to‘langanlarning qarzdorligi bekor qilinadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlarni kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berish muddati uzaytiriladi — prezident farmoni.

27 aprel 2020, 20:05

Xayriya mablag‘lari soliqqa tortilmaydi

Jismoniy shaxslarning soliqqa tortilmaydigan eng kam daromadlari miqdori MHTEKMning 7,5 baravarigacha oshiriladi. Olingan xayriya yordamlariga esa daromad sifatida qaralmaydi — prezident pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir farmonni imzoladi.

27 aprel 2020, 18:40

Koronavirusdan tuzalganlar soni 900 kishiga yaqinlashdi

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 892 kishiga yetdi.

27 aprel 2020, 17:47

Qoraqalpog‘istonda 21 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab jami 880 kishi koronavirusdan tuzaldi.

27 aprel 2020, 16:28

COVID-19: Toshkentda 16 nafar, Xorazmda 33 nafar bemor to‘liq sog‘aydi

Toshkentdagi ikkita klinikada 16 nafar, Xorazmda esa 33 nafar koronavirus bemori infeksiyadan to‘liq xalos bo‘ldi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 859 kishiga yetdi.

27 aprel 2020, 15:08

Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘aydi

Namangan viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha sog‘aygan bemorlar soni 810 nafarni tashkil etmoqda.

27 aprel 2020, 14:16

Uy sharoitida karantinda saqlash tartiblari belgilandi

Hukumat qarori bilan uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartiblar belgilandi. Unga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantiriladi va ular 14 kun davomida uyda yashovchi barcha shaxslar bilan birga karantinga olinadi. Karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi.