12 iyul, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

18 aprel 2020, 19:16

O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar 1469 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga ortib, jami 1469 kishini tashkil etmoqda.

18 aprel 2020, 19:08 1

Karantin 10 mayga qadar uzaytirildi

O‘zbekistonda karantin va kuchaytirilgan tartib 10 mayga qadar uzaytiriladi.

18 aprel 2020, 18:04

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 200ga yaqinlashdi

Yana 9 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Sog‘aygan bemorlardan biri chiroqchilik 83 yoshli ayol bo‘lib, uning ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramay, samarali davolash muolajalari tufayli butkul sog‘aygan. Bir kunda mamlakatda 38 nafar koronavirus bemori tuzalib, jami 194 nafarni tashkil etmoqda.

18 aprel 2020, 17:56

Toshkentda taksilarga litsenziya berish vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahrida yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish uchun litsenziyalangan taksilar deyarli 12 mingtaga yetgan.

18 aprel 2020, 17:37

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 185 kishiga yetdi

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 185 kishiga yetdi.

18 aprel 2020, 17:27

«O‘zdonmahsulot» ishlab chiqargan bir qop un narxi 125 ming so‘m qilib belgilandi

«O‘zdonmahsulot» AK tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un narxi 125 ming so‘m qilib belgilandi.

18 aprel 2020, 16:19

Chet eldagi 73 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus qayd etilgan

Xorijdagi 73 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ulardan 42 nafari Rossiyada, 11 nafari AQSHda bo‘lsa, Gretsiya va Qozog‘istonda 6 nafar o‘zbekistonlikda virus aniqlangan.

18 aprel 2020, 16:00

Yana 3 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Yana 3 nafar koronavirus bemori tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 171 kishiga yetdi.

18 aprel 2020, 15:19

Rossiyada ishlash uchun patent muddati 15 iyungacha uzaytirildi

Rossiyada ishlash uchun patentlarning amal qilish muddati avtomatik tarzda 15 iyungacha uzaytirildi. Ushbu tartib vaqtincha ro‘yxatda turish, chet el fuqarolarining vizalariga ham tegishli. Ish beruvchilar patentga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolarni ishchilar sifatida jalb qilish va ulardan foydalanish huquqiga egalar.

18 aprel 2020, 15:05

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 168 nafarga yetdi

Buxoroda 5 nafar, Farg‘onada 4 nafar va Xorazmda 3 nafar koronavirus bemorlari to‘liq tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 168 nafarga yetdi.

18 aprel 2020, 10:19

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1450 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 45 taga oshib, jami 1450 taga yetdi.

18 aprel 2020, 01:07

Koronavirus holatlari soni 1405 ga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1405 tani tashkil etadi.

17 aprel 2020, 21:31

Prezident 2300 ta o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparat sotib olish vazifasini qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi 2 ming 300 ta apparat va boshqa uskunalar sotib olish vazifasi qo‘yildi. «Gazeta.uz» hukumatdagi manbasining ma’lum qilishicha, apparatlar Zangiota tumanida yangi qurilayotgan shifoxonada o‘rnatilishi kutilmoqda.

17 aprel 2020, 20:43

Koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritildi

Toshkent IIBB koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday bemorlar soni jami 42 nafar bo‘lgan, juma kuni ertalabga kelib esa 19 nafarni tashkil etgan. Oldinroq Davlat bosh sanitariya vrachi Baxrom Almatov poytaxtda 48 nafar koronavirus bemori qanday qilib virusni yuqtirganligi noma’lum ekanligini aytgan edi.

17 aprel 2020, 20:30

Qoraqalpog‘istonda 3 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda 3 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda bir kunda 27 nafar bemor tuzalib, jami sog‘aygan bemorlar soni 156 kishiga yetdi.

17 aprel 2020, 19:27

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 153 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 153 nafarga yetdi. Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi.

17 aprel 2020, 18:33

Andijonda 6 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida yana 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Koronavirusdan tuzalgan fuqarolar soni 146 kishiga yetdi.

17 aprel 2020, 18:21

MB: nogironlarga pensiya vaqtida beriladi

Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida pensiyalar may oyidan to‘liq bank kartalari orqali to‘lanadi. I hamda II guruh nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan (yotoqdagi) fuqarolarga ularning pensiyasi naqdlashtirilib yashash manzili bo‘yicha o‘z vaqtida yetkazib beriladi.

17 aprel 2020, 17:48

Toshkentda koronavirus aniqlangan 48 ta holatda kasallik yuqishining omili noma’lum

Toshkent shahrida qayd etilgan 48 nafar koronavirus bemorining kasallikni qayerdan yuqtirib olgani noma’lum. Bemorlarning 20 nafari maktab o‘quvchilari, 10 nafari 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

17 aprel 2020, 17:25

Xitoylik tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga yo‘l oldi

Bir guruh tibbiyot xodimi va ekspertlar COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishda yordamlashish uchun Xitoydan O‘zbekistonga yo‘l oldi.