4 iyul, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

28 iyun 2020, 16:05

Dunyo bo‘ylab COVID-19 holatlari 10 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 10 mlndan oshdi. Bunda, 5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 500 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

28 iyun 2020, 10:30 1

Koronavirus bemorlari soni 7725 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 7725 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 30 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.

27 iyun 2020, 10:28

Koronavirus bemorlari soni 7490 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 63 nafarga ortib, jami 7490 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 17 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 26 nafari Surxondaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Buxoro viloyatida va 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi.

26 iyun 2020, 23:52

Kun davomida 250 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 250 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 7427 taga yetdi. ️Ayni paytda 2369 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

26 iyun 2020, 23:05

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 5000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda bir kunda 161 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, ushbu infeksiyadan tuzalgangan soni 5038 nafarga yetdi.

26 iyun 2020, 17:06

Koronavirus holatlari soni 7320 taga yetdi (+92)

O‘zbekistonda 92 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 7320 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 70 tasi karantin markazlari, 20 tasi Toshkentda va 2 tasi Buxoro viloyatida qayd etildi.

26 iyun 2020, 11:12

«Bizga maslahatchilar kerak, jazolovchilar emas» — Toshkentlik restoratorlar

Umumiy ovqatlanish sohasi birgina Toshkent shahrining o‘zida yuz minglab odamlarni ish bilan ta’minlaydi. Sektor karantin davrida katta yo‘qotishlarga duch keldi, karantin shartlari yumshaytirilganidan so‘ng esa ishni qayta yo‘lga qo‘yish va mijozlarni qabul qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmadi. Poytaxtlik restoratorlar nazorat organlari tomonidan karantin talablarining erkin tarzda talqin qilinayotgani va hukumat bilan do‘stona munosabatda bo‘lish istaklari borligi haqida «Gazeta.uz» bilan bo‘lgan suhbatda aytib berishdi.

26 iyun 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 7200 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 51 nafarga ortib, jami 7228 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 22 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Sirdaryo viloyatida va 1 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi. Shulardan 11 nafari aholi orasida aniqlangan.

25 iyun 2020, 23:55

Kun davomida rekord darajada — 276 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 276 kishida koronavirus aniqlanib, yana bir rekord qayd etildi. Jami holatlar 7177 taga yetdi. 6 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

25 iyun 2020, 23:31

Bir kunda 192 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, rekord qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 192 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Jami tuzalganlar soni 4877 nafarga yetdi.

25 iyun 2020, 21:08

Xususiy klinikalar COVID-19 testini o‘tkazishni boshlamoqda

Toshkentdagi bir qator xususiy klinikalar koronavirus uchun test o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Ularning shu haftadan mazkur xizmatni ko‘rsatishni boshlashi kutilmoqda.

25 iyun 2020, 17:02

Koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan oshdi

O‘zbekistonda yana 97 kishida koronavirus aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 7087 taga yetdi. Kasallanish holatlarining 65 tasi karantin markazlarida, 26 tasi Toshkentda aniqlandi.

25 iyun 2020, 15:21

Toshkentda aholi orasida kimlar koronavirusga chalinganiga aniqlik kiritildi

24 iyun kuni aholi orasida 31 kishida koronavirus tasdiqlanib, shundan 18 nafari Toshkentda aniqlandi. Jumladan, obodonlashtirish muassasasi xodimi, bojxonachi, uy bekasi va boshqalarning infeksiya yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

25 iyun 2020, 13:15 1

Koronavirusdan vafot etganlar soni 20 nafarga yetdi

Surxondaryo viloyati Denov shahrida vafot etgan bemorda koronavirus infeksiyasi bo‘lganligi tasdiklandi. Tuman hokimligi bemor koronavirusdan 20 iyun kuni vafot etganini ma’lum qilgandi, biroq keyinroq xabarni o‘chirib tashlagan. SSV bemorning koronavirus bilan og‘riganini faqat 5 kundan keyin tasdiqladi.

25 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 7000 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 89 nafarga ortib, jami 6990 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafar Jizzax viloyatida va 1 nafardan Andijon va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.

24 iyun 2020, 23:56

Kun davomida 239 ta koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 239 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 125 kishi ushbu kasallikdan to‘liq sog‘aydi. Hududlardagi holat.

24 iyun 2020, 23:47

Koronavirus holatlari soni 6900 tadan oshdi

O‘zbekistonda 54 kishining koronavirus testi natijalari ijobiy chiqib, jami holatlar 6901 taga yetdi. Yangi holatlar Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.

24 iyun 2020, 17:04

Koronavirus holatlari 92 taga oshdi (jami — 6847)

O‘zbekistonda 92 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirgani aniqlanib, jami holatlar 6847 taga yetdi. Yangi kasallanganlarning 64 nafari karantin markazlaridagi xorijdan kelganlar bo‘lsa, 28 nafari Toshkentda (13 nafari aholi orasida) aniqlandi.

24 iyun 2020, 15:43

COVID-19 dan davolanayotgan 2176 nafar bemorning 1939 nafari qoniqarli holatda

Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 2176 nafar bemordan 1939 nafarining ahvoli qoniqarli. 130 nafar bemorda pnevmoniya kuzatilyapti. Ayni paytda mamlakatda 60 mingga yaqin fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va qariyb 1,1 mln test sinovlari o‘tkazildi.

24 iyun 2020, 14:26

Aholidan antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda kelgusi haftadan boshlab COVID-19 antitanachalarini aniqlash uchun aholi orasida testlar o‘tkaziladi. Buning karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun zarur ekani ta’kidlandi.