8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

12 may 2020, 16:50

Koronavirusdan tuzalganlar soni 2000 kishidan oshdi

Toshkent shahrida 12 nafar, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida 4 nafar, Namanganda 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Mamlakatda umumiy tuzalganlar soni 2010 kishiga yetdi.

12 may 2020, 16:00

SSV: Farxod avtoqismlar bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroda infeksiya aniqlanmadi

Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmadi. Hozirda bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.

12 may 2020, 14:09

Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytiriladi

13 maydan Samarqandda karantin choralari kuchaytiriladi. Avtomobilda stikersiz harakatlanish cheklanadi, faoliyatiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’ektlari har bir mijoz haroratini o‘lchab, ularga bepul yangi niqob va qo‘lqop tarqatishi shart.

12 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 2500 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 23 nafarga ortib, jami 2509 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 511 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 42 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

12 may 2020, 00:22

“Qanotchi” restoranining ishi sudga kiritildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi “Qanotchi” restorani karantin talablariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik yo‘li bilan faoliyat yuritgan deya bayonot berdi va ushbu ish Ma’muriy sudga kiritilganini ma’lum qildi. Oldinroq, Toshkent shahar IIBB hamda poytaxt hokimligi ushbu restoranning faoliyati “sinov” tariqasida amalga oshirilganligi haqida xabar berishgan edi.

11 may 2020, 23:38

Kun davomida 68 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi

11 may kuni O‘zbekistonda 68 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, 107 kishi ushbu infeksiyadan sog‘aydi.

11 may 2020, 21:31

91 nafar “Bilayn” ishchisi karantin poligoniga joylashtirildi — Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, “Bilayn” kompaniyasining 91 nafar ishchisi Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

11 may 2020, 20:38

800 nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

Prezident topshirig‘i bilan Dubay, Minsk, Seul va Dehliga charter reyslar tashkil etildi. 8−10 may kunlari O‘zbekistonga 800 nafardan ziyod fuqaro qaytarildi. Frankfurtdan reys amalga oshirilishi kutilmoqda.

11 may 2020, 18:49

Zarafshonda COVID-19 bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga keldi

Zarafshonda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari vujudga kelgani munosabati bilan shahar «qizil» toifali hududga o‘tkazildi.

11 may 2020, 16:35

29 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi (jami — 2482 ta)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 29 taga oshib, jami 2482 taga yetdi.

11 may 2020, 13:11

Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus tarqalishi yana jonlandi

Avvalroq karantin choralarini yumshatgan Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni oshgani qayd etildi. Dunyo bo‘yicha COVID-19 holatlari soni 4 milliondan oshdi.

11 may 2020, 12:18

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda

AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.

11 may 2020, 12:03

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1900 kishiga yaqinlashdi

Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1897 kishiga yetdi.

11 may 2020, 11:50

“Qanotchi” restoranining ochilishi sinov maqsadida bo‘lgan — Toshkent shahar IIBB

“Qanotchi” restoranining faoliyati davom etayotganligi haqidagi ma’lumotlarga Toshkent shahar IIBB o‘z munosabatini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, restoran umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini o‘rganish maqsadida sinov tariqasida ochilgan.

9 may 2020, 23:53

COVID-19: kunlik holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2349 taga, sog‘aygan bemorlar 1804 nafarga yetdi.

8 may 2020, 23:55

Koronavirus statistikasi: yangi holatlar, tuzalganlar, hududlardagi holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2325 taga yetdi (+1). Kun davomida rekord darajada sog‘ayish qayd etildi — 119 nafar.

8 may 2020, 15:30

10 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi (jami — 2324)

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 10 taga ko‘payib, jami 2324 taga yetdi.

8 may 2020, 14:30

O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida Tojikistonga jo‘nab ketdi.

8 may 2020, 14:01

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1721 kishiga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 583 nafarni tashkil etmoqda.

8 may 2020, 10:16

Koronavirus bemorlari soni 2300 dan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 2314 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 648 kishi davolanmoqda, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab 371 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi.