8 avgust, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

23 may 2020, 18:19

Keyingi ikki hafta ichida yana 17 ta charter reys tashkil etiladi

Chet eldan vatandoshlarni olib kelish uchun yana 17 ta charter reysi jadvali e’lon qilindi. Keyingi ikki hafta ichida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Donu, Istambul, Qohira va Sharjadan O‘zbekiston fuqarolarini olib keladi.

23 may 2020, 15:58

«O‘rikzor» bozori karantinga yopildi

Toshkentdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi.

22 may 2020, 23:11

Koronavirus holatlari 8 taga ko‘paydi (jami — 3036 ta)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 8 taga ko‘payib, jami 3036 taga yetdi. Kun davomida 69 ta yangi COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lsa, 46 tasi aholi orasida aniqlandi.

22 may 2020, 20:42

Samarqand viloyatining Juma shahrida karantin kuchaytirildi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani markazi Juma shahrida harakat vaqtincha to‘xtatildi. Mazkur qaror koronavirus tuman bo‘ylab tarqalmasligi maqsadida qabul qilindi.

22 may 2020, 20:17

SSV: Navoiy viloyatida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari soni o‘smoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinish holatlari soni ortganini xabar qildi. Viloyatda 66 ta holat tasdiqlangan bo‘lsa, infeksiya yuqtirganlar orasida xorijdan kelganlar yo‘q. Asosiy o‘choq — Zarafshon shahri.

22 may 2020, 16:44

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $3 mln ajratadi

AQSH hukumati COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratadi. Vashingtonning O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan bevosita yordami ja’mi 5,92 mln dollarni tashkil etdi.

22 may 2020, 14:34

Buxorodagi oxirgi koronavirus bemorlari sog‘aydi

Buxoro viloyatida davolanayotgan so‘nggi 2 nafar COVID-19 bemori ham to‘liq sog‘aydi. Respublika bo‘yicha tuzalganlar soni 2438 nafarga yetdi.

22 may 2020, 14:04

Buxoroda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pullar talon-taroj qilindi

Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi va vrach-dezinfeksionisti inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-taroj qilgani aniqlandi.

22 may 2020, 12:20

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini jo‘natdi

Turkiya hukumati O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini insonparvarlik yordami sifatida jo‘natdi.

22 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 3000 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3006 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (5), xorijdan kelganlar (6), Navoiyda (15), Samarqandda (13). Respublikada infeksiyadan 586 kishi davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

21 may 2020, 23:35

Koronavirus yana 3 kishidan aniqlandi (jami — 2967)

O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 holatlari 3 taga oshib, jami 2967 taga yetdi. 20 ta holat aholi orasidan qayd etildi — koronavirusga chalingan 3 kishi 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga infeksiya yuqtirgan.

21 may 2020, 17:11

Yana 14 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 14 taga ko‘payib, 2964 taga yetdi.

21 may 2020, 16:33

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2400 nafardan oshdi

Toshkentda davolanayotgan 35 bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2407 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar orasida 2 nafar Tojikiston fuqarosi ham bor.

21 may 2020, 16:14

Samarqanddagi tez tibbiy yordam markazi karantinga olindi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bemorlar va tibbiyot xodimlarida COVID-19 aniqlangani sababli karantinga olindi.

21 may 2020, 15:19

Bloomberg: Xitoyda 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi

Xitoy shimoli-sharqida 34 ta yangi koronavirus holati aniqlangani tufayli bu hududda qat’iy karantin choralari qaytadan tiklandi va 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi.

21 may 2020, 10:04

Koronavirus bemorlari soni 2950 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2950 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 565 kishi davolanmoqda, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 45 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 540 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

20 may 2020, 22:58

Koronavirus holatlari soni 2939 taga yetdi (+12)

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 12 taga ko‘payib, jami 2939 taga yetdi. Kun davomida 84 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi.

20 may 2020, 18:07

Urganchda karantin hududidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Harbiylar Urganchdagi karantin hududidan bir necha marta qochishga uringan shaxsni ushladi. U panjaradan oshib o‘tayotgan vaqtda havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan.

20 may 2020, 17:30

Surxondaryodagi eng oxirgi koronavirus bemori ham sog‘aydi

Surxondaryodagi eng oxirgi COVID-19 bemori sog‘ayib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni 2369 nafarga yetdi.

20 may 2020, 17:01

Koronavirus aniqlangan holatlar soni 2900 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga oshdi va jami 2927 taga yetdi. Yangi holatlarning 28 tasi karantindagilar, 19 tasi xorijdan kelganlar orasida aniqlandi.