7 iyun, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

14 aprel 2020, 12:20

Buxoroda yana to‘rt nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi

Buxoro viloyatida to‘rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 89 nafarga yetdi.

14 aprel 2020, 10:13

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1054 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1054 nafarga (+56) yetdi.

13 aprel 2020, 23:54

COVID-19 tasdiqlangan holatlar 1000 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 998 nafarga (+64) yetdi. Ularning 85 nafari sog‘aydi.

13 aprel 2020, 22:49

Musulmonlar idorasi Ramazonni o‘tkazish bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotni e’lon qildi. Xususan, barcha musulmonlar taroveh namozlarini oila a’zolari bilan o‘z uylarida o‘qish hamda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnini yig‘ib iftor o‘tkazmaslikka chaqirildi.

13 aprel 2020, 20:07

Andijonda 4, Namanganda 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi

Andijon viloyatida 4, Namangan viloyatida esa 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi. Mamlakatda jami sog‘aygan bemorlar soni 85 nafarga yetdi.

13 aprel 2020, 19:19

Koronavirus bemorlari soni yana oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 934 taga yetdi.

13 aprel 2020, 19:03

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani rad etildi

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani haqidagi xabarlar rad etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda videoyozuv orqali bu haqda ma’lum qilgan IIB xodimi esa ishdan bo‘shatildi.

13 aprel 2020, 18:44

Koronavirus oqibatlarini yumshatish uchun yana 100 mln dollar jalb etiladi

Pandemiya oqibatlarini yumshatishga yana 100 mln dollar jalb qilinadi. Ushbu mablag‘larning katta qismi nafaqa oluvchi kam ta’minlangan, 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar sonini oshirish hamda bandlik markazlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasini to‘lashga yo‘naltiriladi.

13 aprel 2020, 18:14

Tojikistondagi O‘zbekiston fuqarolarining vizalari uzaytiriladi

Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza hamda ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunicha uzaytiriladi.

13 aprel 2020, 16:24

Farg‘onada davolanayotgan ikki bemor koronavirusdan tuzaldi

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan jami 70 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

13 aprel 2020, 16:03

Qashqadaryoda ham ikki koronavirus bemori sog‘aydi

Qashqadaryoda ikki nafar koronavirus bemori, jumladan 8 yoshli bola to‘liq sog‘aydi. Respublika bo‘yicha jami tuzalish holatlari 68 taga yetdi.

13 aprel 2020, 15:00

Gender komissiyasining ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi

10 apreldan boshlab xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida «Ishonch telefoni» xizmati yo‘lga qo‘yildi.

13 aprel 2020, 10:29

Koronavirus aniqlangan bemorlar soni 900 ga yaqinlashdi

13 aprel soat 10:00 holatiga yana 31 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 896 taga yetdi.

12 aprel 2020, 23:29

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari 865 kishiga yetdi

12 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 865 nafarni tashkil qilmoqda.

12 aprel 2020, 22:38

Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning zaruriyatsiz harakatlanishi to‘xtatiladi

13 aprel soat 06:00dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi. Istisno tariqasida yashash uyidan 100 metr atrofidagi savdo nuqtalariga kuniga bir marotaba chiqib, hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilishiga ruxsat beriladi.

12 aprel 2020, 22:00

Buxoro va Xorazmda ham koronavirus bemorlari sog‘aydi

Buxoroda to‘rt nafar, Xorazmda esa bir nafar koronavirus aniqlangan bemor sog‘aydi. Jami tuzalgan soni 66 nafarga yetdi.

12 aprel 2020, 18:03

Yana 19 nafar koronavirus bemori sog‘aydi

O‘zbekistonda yana 19 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 61 nafarga yetdi.

12 aprel 2020, 16:06

Koronavirus holatlari 833 taga yetdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 833 taga yetdi.

12 aprel 2020, 14:08

Koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 750 nafarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda ayni vaqtda 750 ta aktiv koronavirus holati mavjud. COVID-19 bemorlarining 216 nafari Toshkentda, qolganlari boshqa viloyatlarda davolanmoqda.

12 aprel 2020, 11:37

Koronavirus bemorlari soni 800 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 800 nafarga yaqinlashdi. Yana 29 kishida COVID-19 tasdiqlandi.