6 iyul, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

1 may 2020, 15:48

Koronavirus holatlari soni 2075 taga yetdi

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 29 nafarga ko‘payib, jami 2075 kishiga yetdi.

1 may 2020, 14:17

Turkiya O‘zbekiston shifokorlari uchun himoya vositalarini taqdim etdi

Turkiya O‘zbekistonga shifokorlar uchun 5000 komplekt shaxsiy himoya vositalari: kombenzonlar, ko‘zoynaklar, niqob, qo‘lqop va baxillalar taqdim etdi.

1 may 2020, 12:46

JB koronavirus ta’sirini yumshatish uchun O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

1 may 2020, 10:06

Koronavirus bemorlari soni 2046 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2046 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 904 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

30 aprel 2020, 23:06

Yana 22 kishida koronavirus tasdiqlandi

Yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, jami COVID-19 holatlar 2039 taga yetdi. Kun davomida 37 kishi infeksiya aniqlandi, xuddi shuncha odam kasallikdan butkul xalos bo‘ldi.

30 aprel 2020, 22:46

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1133 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 37 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, mamlakat bo‘ylab infeksiyadan butunlay sog‘ayganlar soni 1133 nafarga yetdi.

30 aprel 2020, 21:55

Rossiya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus bilan kasallandi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov uning vazifasini bajarib turadi.

30 aprel 2020, 17:37

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1100 tadan oshdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 1 nafar bemor, jami 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 1103 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

30 aprel 2020, 17:03

Tojikistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi holatlari tasdiqlandi

Tojikistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi. Mamlakat bosh vaziri raisligidagi COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi aholi tibbiy niqoblardan foydalanishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

30 aprel 2020, 16:00

“Coca-Cola” jamg‘armasi O‘zbekistonga 200 ming dollarlik grant ajratdi

“Coca-Cola” jamg‘armasi O‘zbekistonda COVID-19 virusiga qarshi chora-tadbirlar uchun 200 ming dollarlik grant ajratdi. Insonparvarlik yordami doirasida O‘zbekistonga nafas oldirish va boshqa tibbiy uskunalar taqdim qilinadi.

30 aprel 2020, 14:22

JSST mutaxassislari Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqori darajadagi mutaxassislari texnik yordam ko‘rsatish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishadi.

30 aprel 2020, 13:17

Koronavirus asosan karantindagilar orasida aniqlanmoqda — Otabekov

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nima sababdan karantindagilar soni o‘zgarmayotganiga izoh berdi. “Har kuni davlatimizga xorijdan 500−600 fuqaro kirib kelyapti. Ularning barchasi karantinga joylashtirilmoqda”, — dedi u.

30 aprel 2020, 11:53

O‘zbekistonda taksi xizmatlariga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berildi

Karantin choralarining yumshatilishi taksi xizmatlariga ham taalluqli. Bunda, ular karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda va kunning ma’lum vaqtlarida yo‘lovchilarni tashishlari mumkin.

30 aprel 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2017 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 15 nafarga ortib, jami 2017 kishini tashkil etmoqda.

29 aprel 2020, 23:53

Koronavirus holatlari soni 2000 tadan oshdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2000 talik chegaradan oshdi.

29 aprel 2020, 23:52

30 apreldan karantin choralari yumshatilmoqda

30 aprel soat 06:00 dan boshlab ayrim karantin choralari yumshatilmoqda. Fuqarolar 07:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00dan 20:00 ga qadar shaxsiy va xizmat yengil avtotransportlaridan foydalanishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi tadbirkorlar barcha turdagi yengil avtotransport vositalarida hududlararo harakatlanishiga ruxsat beriladi.

29 aprel 2020, 23:38

61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Toshkent shahridan bo‘lgan 61 yoshli koronavirus bemori o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda vafot etgan koronavirus bemorlari soni 9 kishiga yetdi.

29 aprel 2020, 21:27

Fermer va dehqonlarga hududlararo harakatlanishga ruxsat berildi

Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga viloyatlar va tumanlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berishni topshirdi. IIV ularning avtomobillarini postlarda kutib olib, yarmarka va savdo nuqtalariga qadar kuzatib boradi. Prezident vaziyat yaxshilanishi bilan 10 maydan so‘ng karantin bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi.

29 aprel 2020, 20:06

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishlariga ham ruxsat beriladi.

29 aprel 2020, 17:55

IIV karantinga oid savollarga javob berdi

Ichki ishlar vazirligi karantinga oid savollarga javob qaytardi. Xususan, hunarmandchilik, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyatlarini yuritayotgan tadbirkorlar shaxsiy transport vositasini xaydashga ruxsatnoma olish imkoniyati, avtomaktablarda onlayn dars joriy etish masalasi va boshqa savollarga javob berildi.