4 iyun, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

17 aprel 2020, 13:15

Buxoroda koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 39 kishiga yetdi

Buxoroda yana 11 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Jami tuzalganlar 140 nafarga yetdi.

17 aprel 2020, 11:39

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ba’zi to‘lovlar hisoblanishi vaqtincha to‘xtatiladi

Davlat byudjetidan 5,1 trln so‘m, mahalliy byudjetlardan esa 980 mlrd so‘m maqbullashtiriladi. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq 3,2 trln so‘mlik xarajatlar ikkinchi yarim yillikka o‘tkaziladi.

17 aprel 2020, 10:10

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1380 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 31 taga oshib, jami 1380 taga yetdi.

17 aprel 2020, 09:00

Karantin sharoitida nogironligi bor shaxslar nimalarga muhtoj bo‘lmoqda?

Koronavirus ma’lumotlari nogironligi bor shaxslar uchun tushunarlimi va ularning ijtimoiy himoyasi yetarlimi? O‘zini izolyatsiya qilishdan kim ko‘proq ziyon ko‘rmoqda va ularga qanday yordam berish kerak?

16 aprel 2020, 22:32

Haj-2020 mavsumiga tayyorgarlik ishlari kechiktirildi

Haj-2020 mavsumiga tayyorgarlik ishlari kechiktirildi. 2020 yil haj safariga borishni rejalashtirgan va navbati yetib kelgan fuqarolar epidemiologik vaziyat barqarorlashmasa, hozirgi navbatlar to‘liq saqlanib qoladi hamda keyingi yilga o‘tkaziladi.

16 aprel 2020, 19:49

Karantin rejimini buzganlik uchun javobgarlik: Jahon tajribasi

Koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin rejimini buzganlarga dunyo mamlakatlarida qanday jazo qo‘llanilmoqda? Bu haqda yuridik fanlar doktori Islambek Rustambekov va yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Shoxjahon Xo‘jayev maqolasida batafsil tanishishingiz mumkin.

16 aprel 2020, 19:46

Soliq organlari xodimlari davlat xizmatchilarining ish haqini kamaytirish tavsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Soliq organlari xodimlarining aksariyati davlat xizmatchilarining ish haqini kamaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. «Davlat organlari xodimlarining ish haqini kamaytirish byudjet xarajatlarini optimallashtirishdagi adolatli va muhim qadam», — deya ta’kidladi DSQ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.

16 aprel 2020, 19:08

Hukumat ishini yo‘qotganlarga moliyaviy yordam berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Hukumat karantin sababli ishini yo‘qotganlarga naqd pul ko‘rinishida yordam berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, gap millionlab odamlar haqida ketmoqda va bu katta mablag‘larni talab qiladi.

16 aprel 2020, 18:16

Toshkentda kiyim-kechak va mavsumiy mahsulotlar savdosi uchun ko‘chma bozorlar tashkil etilmoqda

Toshkentda aholining yozgi kiyim-kechak va boshqa mavsumiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘chma savdo nuqtalari tashkil etilmoqda.

16 aprel 2020, 17:10

Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan sog‘aydi

Toshkentda koronavirus aniqlangan 70 yoshli bemor infeksiyadan to‘liq xalos bo‘ldi. Jami sog‘ayganlar 129 nafarga yetdi.

16 aprel 2020, 16:02

AQSH O‘zbekistonga oziq-ovqat yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston AQSHdan 35 mingdan ziyod kam ta’minlangan fuqarolar uchun qariyb 400 ming dollarlik oziq-ovqat yordamini qabul qilib oldi.

16 aprel 2020, 15:56

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 128 kishiga yetdi

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan koronavirus bemori tuzaldi. U Rossiyadan 22 mart kuni qaytgan va karantinga olingan bo‘lgan. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 128 kishiga yetdi.

16 aprel 2020, 15:00

Buxoroda 20 nafar COVID-19 bemori sog‘aydi, jami tuzalganlar esa 127 kishiga yetdi

Buxoroda yana 20 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi. Ularning barchasi xorijdan kelgan.

16 aprel 2020, 14:11

Bill Geyts jamg‘armasi JSSTni moliyalashtirish miqdorini oshiradi

Bill & Melinda Gates Foundation Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirish miqdorini 250 million dollargacha oshiradi. Bu mablag‘lar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga yo‘naltiriladi.

16 aprel 2020, 14:00

May oyidan pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank kartalariga o‘tkaziladi

May oyidan boshlab pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank kartalariga o‘tkaziladi. Ushbu tartib karantin cheklovi bo‘lib, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar davom etadi.

16 aprel 2020, 13:52

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli maxsus shifoxona qurilmoqda

Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli maxsus shifoxona qurilmoqda. Qurilish ishlarini 10 kunda yakuniga yetkazishga ko‘rsatma berilgan.

16 aprel 2020, 11:34

Germaniya karantin choralarini yumshatishga qaror qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel karantin choralari qisman olib tashlanishini ma’lum qildi. Hozircha do‘konlar va maktablar ochiladi.

16 aprel 2020, 11:07

Dunyoda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 2 milliondan oshdi

Dunyoda aniqlangan koronavirus holatlari soni 2 milliondan oshdi. COVID-19 holatlarining aksariyati AQSH, Ispaniya va Italiyada qayd etildi.

16 aprel 2020, 11:02

Byudjet xarajatlari optimallashtiriladi

O‘zbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida byudjet xarajatlarini optimallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Dolzarb bo‘lmagan loyihalar va xarajatlar kechiktiriladi.

16 aprel 2020, 10:07

Koronavirus yana 47 nafar kishida aniqlandi

O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 47 taga oshib, jami 1349 taga yetdi.