13 iyul, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

18 may 2020, 15:53

COVID-19 testini qayerda topshirish mumkin va narxi qancha?

O‘zbekistonda havo va temir yo‘l aloqalari qisman ochildi. Yo‘lovchilar koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari kerak. Qayerda test topshirish mumkin va narxi qancha? Sanitariya-epidemiologiya agentligi ma’lumotlari.

18 may 2020, 15:38

Koronavirusdan vafot etganlar soni 13 nafarga yetdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 13 kishiga yetdi.

18 may 2020, 12:06

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi

Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.

18 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2762 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 2762 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 494 kishi davolanmoqda. Ayni paytda 49 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 502 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

17 may 2020, 15:24

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor yurak qon -tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Marhum xalqaro yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.

16 may 2020, 23:57

Koronavirus holatlari 2738 taga yetdi — kunlik statistika

O‘zbekistonda kun davomida 52 ta yangi COVID-19 holati qayd etilib, jami holatlar soni 2738 taga yetdi.

16 may 2020, 17:07

Koronavirus bemorlari soni 2700 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni yana 28 nafarga ortib, jami 2719 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 33 taga yetdi.

16 may 2020, 16:49

Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi

Italiya hukumati 3 iyundan boshlab mamlakatning bir viloyatidan ikkinchisiga o‘tishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, 18 may kunidan bitta viloyat ichida sayohat cheklovlari bekor qilinadi. Mahalliy hokimlarga ijtimoiy masofalanish tadbirini amalga oshirib bo‘lmaydigan hududlarni vaqtincha yopib ko‘yish vakolati beriladi.

16 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2691 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 5 nafarga ortib, jami 2691 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 522 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 474 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

16 may 2020, 03:09

COVID-19: kunlik holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2686 taga, sog‘ayganlar esa 2158 nafarga yetdi — kunlik asosiy o‘zgarishlar.

16 may 2020, 02:28

Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 16 maydan ochiladi

Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 16 maydan ochiladi. Biroq bolalar maydonchasi, kinoteatr va umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopiqligicha qoladi.

15 may 2020, 19:09

Koronavirus holatlari 30 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari 30 taga oshib, jami 2682 taga yetdi. Yangi COVID-19 holatlarining 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar, 3 tasi Qozog‘iston, 2 tasi Rossiyadan kelganlar orasida qayd etildi.

15 may 2020, 16:58

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 907 kishiga yetdi

Tojikistonda koronavirus holatlari soni bir kunda 106 taga oshib, jami 907 taga yetdi. Shu vaqtga qadar 29 ta o‘lim qayd etildi.

15 may 2020, 16:39

Sloveniya mamlakatda COVID-19 epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

Sloveniya Yevropada birinchi bo‘lib mamlakatda koronavirus epidemiyasi yakuniga yetganini e’lon qildi. Fuqarolar Avstriya, Italiya va Vengriya hududidan chegarani kesib o‘tishlari mumkin, mamlakatda savdo markazlari, kafe va mehonxonalar ochiladi.

15 may 2020, 13:53

SSV 34 kishiga COVID-19 yuqtirgan shifokorga jinoiy ish qo‘zg‘atilganiga norozilik bildirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda tibbiyot xodimining 34 kishiga koronavirus yuqtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani yuzasidan norozilik bildirdi. Vazirlik infeksiya yuqtirilgan yuzlab holatlardan faqatgina tibbiyot xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi asossiz ekanini ta’kidladi.

15 may 2020, 12:56

Litva, Latviya va Estoniya bir-biriga chegaralarini ochdi

Boltiqbo‘yi davlatlari bir-biriga chegaralarini qaytadan ochdi. Biroq Estoniya, Latviya va Litva tashqarisidan kelgan sayohatchilar ikki haftani karantinda o‘tkazishlari kerak.

15 may 2020, 11:57

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yo‘qotadi

COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yoqotishi (3,2 foizga qisqarish) prognoz qilinmoqda. Bunda, rivojlangan mamlakatlarning YAIM 5 foizga, rivojlanayotganlarda esa 0,7 foiz pasayadi. Bu 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya"dan keyingi keskin iqtisodiy inqirozni anglatadi, deyiladi BMTning iqtisodiy hisobotida.

15 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 2652 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2652 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 505 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 460 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

15 may 2020, 00:49

Koronavirus: kunlik o‘sish va hududlardagi holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 2645 taga, sog‘ayganlar esa 2136 nafarga yetdi. Kunlik o‘sish, viloyatlardagi vaziyat va boshqa muhim ma’lumotlar.

15 may 2020, 00:38

Shaxsiy avtomobillardan foydalanish uchun yengilliklar kiritildi

18 maydan boshlab “sariq” toifadagi hududlarda soat 06:00 dan 22:00 ga qadar shaxsiy avtotransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish mumkin bo‘ladi. “Qizil” toifadagi hududlarda faqat belgilangan vaqtda shaxsiy avtomobillarda harakatlanish mumkin. Bundan tashqari, shaharlar orasida ba’zi aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga ruxsat berildi.