5 iyul, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

13 may 2020, 18:52

Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi dori vositalarini taqdim etdi

Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun dori vositalari, jumladan avvalroq mamlakat hukumati so‘ragan gidroksixloroxin hapdorilarini taqdim etdi.

13 may 2020, 18:16

Yana 28 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 2596)

O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 2596 taga yetdi. Infeksiya aniqlanganlarning barchasi xorijdan kelgan yoki karantinga olingan fuqarolardir.

13 may 2020, 17:48

Xitoy O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonga jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardir.

13 may 2020, 15:14

34 kishiga koronavirus yuqtirgan tibbiyot xodimiga jinoiy ish ochildi

Samarqand viloyatida tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasi belgilarini his qilgani holda, tibbiy tekshiruvdan o‘tmasdan uy sharoitida davolana boshlaganligi aniqlangan. U bilan doimiy muloqotda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari, o‘zi davolagan bemor va hamkasblaridan 11 nafariga, ular orqali yana 23 nafar shaxsga COVID-19 infeksiyasi yuqishiga sababchi bo‘lgan. Tibbiyot xodimiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

13 may 2020, 14:59

Rossiyada og‘ir ahvoldagi o‘zbekistonliklarga bir martalik pul mablag‘lari to‘lab beriladi

Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik nogironlar, 2 yoshgacha bolali va homilador ayollar, talabalar hamda COVID-19 bemorlariga bir martalik pul mablag‘lari to‘lab beriladi. Homiylar orasida Alisher Usmonov ham bor.

13 may 2020, 14:44

Charter reyslar bilan 1200 nafardan ortiq fuqaro olib kelindi

8 maydan boshlangan charter reyslari orqali xorijiy mamlakatlardan 1200 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi. Boshqa davlatlardan charter reyslarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda — yangilangan ro‘yxat.

13 may 2020, 14:27

YeTTB: 2020-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1,5 foizni tashkil etadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yili O‘zbekiston YAIM 1,5 foizga o‘sishini, 2021-yilda esa 6,5 foizga qayta ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

13 may 2020, 13:59

Yangi COVID-19 holatlari nimaning hisobiga ortayotganiga aniqlik kiritildi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari sonining ortishi karantin tadbirlarini yengillatish bilan bog‘liq emas. Yangi holatlar asosan kimlar orasida aniqlanayotgani ma’lum qilindi.

13 may 2020, 13:39

Farg‘onada 1 nafar koronavirus bemori qoldi

Farg‘onada 6 nafar va Samarqandda 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzaldi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 2055 nafarga yetdi.

13 may 2020, 12:08

Uxan shahri aholisi 10 kun ichida koronavirusga qayta tekshiriladi

Xitoyning Uxan shahrida koronovirus bemorlari aniqlanganligi sababli, shahar ma’muriyati Uxanning barcha 11 mln aholisini koronavirus infeksiyasiga qayta tekshirishga buyurdi. Tahlillarni 10 kun ichida o‘tkazish rejalashtirilgan.

13 may 2020, 10:20

Koronavirus bemorlari soni 2568 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 21 nafarga ortib, jami 2568 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 518 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Yangi kasallanganlarning 15 nafari xorijdan kelganlar va 6 nafari karantin tadbirlariga qamrab olinganlar bo‘lgan.

12 may 2020, 23:16

Koronavirus: kunlik o‘sish, sog‘ayganlar va karantin

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2547 taga, sog‘ayganlar 2040 nafarga yetdi. Samarqandda 13 maydan karantin qoidalari kuchaytiriladi, 9 ta shahardan charter reyslar tashkil etiladi — COVID-19 bo‘yicha kunning muhim yangiliklari.

12 may 2020, 18:23 1

Xorijdagi fuqarolarni qaytarish bo‘yicha charter reyslar jadvali e’lon qilindi

13 maydan 24 mayga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar tashkillashtiriladi. Mamlakatga qaytarilganlar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

12 may 2020, 16:50

Koronavirusdan tuzalganlar soni 2000 kishidan oshdi

Toshkent shahrida 12 nafar, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida 4 nafar, Namanganda 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Mamlakatda umumiy tuzalganlar soni 2010 kishiga yetdi.

12 may 2020, 16:00

SSV: Farxod avtoqismlar bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroda infeksiya aniqlanmadi

Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmadi. Hozirda bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.

12 may 2020, 14:09

Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytiriladi

13 maydan Samarqandda karantin choralari kuchaytiriladi. Avtomobilda stikersiz harakatlanish cheklanadi, faoliyatiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’ektlari har bir mijoz haroratini o‘lchab, ularga bepul yangi niqob va qo‘lqop tarqatishi shart.

12 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 2500 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 23 nafarga ortib, jami 2509 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 511 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 42 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

12 may 2020, 00:22

“Qanotchi” restoranining ishi sudga kiritildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi “Qanotchi” restorani karantin talablariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik yo‘li bilan faoliyat yuritgan deya bayonot berdi va ushbu ish Ma’muriy sudga kiritilganini ma’lum qildi. Oldinroq, Toshkent shahar IIBB hamda poytaxt hokimligi ushbu restoranning faoliyati “sinov” tariqasida amalga oshirilganligi haqida xabar berishgan edi.

11 may 2020, 23:38

Kun davomida 68 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi

11 may kuni O‘zbekistonda 68 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, 107 kishi ushbu infeksiyadan sog‘aydi.

11 may 2020, 21:31

91 nafar “Bilayn” ishchisi karantin poligoniga joylashtirildi — Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, “Bilayn” kompaniyasining 91 nafar ishchisi Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirilgani ma’lum qilindi.