3 avgust, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

25 iyun 2020, 13:15 1

Koronavirusdan vafot etganlar soni 20 nafarga yetdi

Surxondaryo viloyati Denov shahrida vafot etgan bemorda koronavirus infeksiyasi bo‘lganligi tasdiklandi. Tuman hokimligi bemor koronavirusdan 20 iyun kuni vafot etganini ma’lum qilgandi, biroq keyinroq xabarni o‘chirib tashlagan. SSV bemorning koronavirus bilan og‘riganini faqat 5 kundan keyin tasdiqladi.

25 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 7000 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 89 nafarga ortib, jami 6990 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafar Jizzax viloyatida va 1 nafardan Andijon va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.

24 iyun 2020, 23:56

Kun davomida 239 ta koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 239 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 125 kishi ushbu kasallikdan to‘liq sog‘aydi. Hududlardagi holat.

24 iyun 2020, 23:47

Koronavirus holatlari soni 6900 tadan oshdi

O‘zbekistonda 54 kishining koronavirus testi natijalari ijobiy chiqib, jami holatlar 6901 taga yetdi. Yangi holatlar Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.

24 iyun 2020, 17:04

Koronavirus holatlari 92 taga oshdi (jami — 6847)

O‘zbekistonda 92 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirgani aniqlanib, jami holatlar 6847 taga yetdi. Yangi kasallanganlarning 64 nafari karantin markazlaridagi xorijdan kelganlar bo‘lsa, 28 nafari Toshkentda (13 nafari aholi orasida) aniqlandi.

24 iyun 2020, 15:43

COVID-19 dan davolanayotgan 2176 nafar bemorning 1939 nafari qoniqarli holatda

Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 2176 nafar bemordan 1939 nafarining ahvoli qoniqarli. 130 nafar bemorda pnevmoniya kuzatilyapti. Ayni paytda mamlakatda 60 mingga yaqin fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va qariyb 1,1 mln test sinovlari o‘tkazildi.

24 iyun 2020, 14:26

Aholidan antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda kelgusi haftadan boshlab COVID-19 antitanachalarini aniqlash uchun aholi orasida testlar o‘tkaziladi. Buning karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun zarur ekani ta’kidlandi.

24 iyun 2020, 13:33

Moskvaga uchgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlangan

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Rossiyaga uchib kelgan delegatsiyasining ikki nafar a’zosida koronavirus infeksiyasi aniqlanigani sababli prezident Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etmadi.

24 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 6700 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 93 nafarga ortib, jami 6755 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida va 5 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

23 iyun 2020, 23:43

127 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 6662)

6 soat ichida 127 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 6662 taga yetdi. Yangi holatlarning 79 tasi karantin markazlarida aniqlangan bo‘lsa, qolganlari 9 ta hududda qayd etildi. Kunlik o‘sish — 201 ta.

23 iyun 2020, 18:55

Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus yuqtirib oldi

Serbiyalik tennischi, jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Jokovich tomonidan yaqinda tashkillashtirilgan Adria Tour tennis musobaqasi boshqa tennischida koronavirus aniqlanganligi bois to‘xtatilgan edi. Ushbu musobaqada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan pianino ustasi Lola Astanova musiqiy chiqish bilan ishtirok etgan edi.

23 iyun 2020, 17:08

Yana 35 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 6535)

Koronavirus holatlari 35 taga ko‘payib, jami 6535 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Toshkent shahrida va 3 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Kun davomida mamlakatda 74 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

23 iyun 2020, 13:05

Nodavlat tibbiyot muassasalariga koronavirus testini o‘tkazishga ruxsat berildi

24 iyundan xohlovchilarga koronavirusga testni nodavlat tibbiyot muassasalarida pulli asosda topshirishga ruxsat berildi. Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) tibbiyot tashkiloti, ish va yashash joyi yoki maxsus avtotransportda olinishi mumkin.

23 iyun 2020, 11:50

Dunyo bo‘ylab koronavirus bemorlari soni 9 mlndan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 9 mlndan oshdi. Bunda, 4,5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 472 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

23 iyun 2020, 10:12

Koronavirus bemorlari soni 6500 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 6500 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida qayd etildi.

23 iyun 2020, 02:05

Koronavirusga chalinganlar soni kun davomida 146 kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonda kun davomida 146 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 6461 taga yetdi. Ularning 4450 nafari sog‘aygan, 1992 nafari davolananishda. 4 bemorning aholi o‘ta og‘ir.

22 iyun 2020, 20:22

Barcha bozorlar dezinfeksiya uchun haftada bir marta yopiladi

Hududlardagi barcha bozorlar dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun har haftada bir marotaba yopiladi. Shuningdek, supermarket va boshqa yirik do‘konlarda sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi.

22 iyun 2020, 20:12 2

O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga karantinni mehmonxonalarda o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga 14 kunlik karantin davrini o‘z xohishiga ko‘ra haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishga ruxsat berildi.

22 iyun 2020, 19:58

O‘zbekistonda koronavirusga 1 mln dan ziyod test sinovi o‘tkazildi

O‘zbekistonda COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon 1 mln dan ko‘proq test sinovi o‘tkazildi. 59,9 ming fuqaro karantinda.

22 iyun 2020, 17:04

Koronavirus holatlari 6400 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 43 taga ko‘payib, jami 6401 taga yetdi.