2 aprel, payshanba

Koronavirus

DXM, FHDYO va notariuslarda fuqarolarni qabul qilishning yangi tartiblari joriy etildi 

FHDYO bo‘limlari va notariuslar kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina aholini qabul qilishi belgilandi. Qolgan holatlarda Adliya vazirligi va uning hududiy idoralari fuqarolar murojaatlarini elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali qabul qiladi.

AQSH O‘zbekistonga koronavirusni aniqlovchi test tizimlarini yetkazib beradi 

Amerikaning Genscript kompaniyasining COVID-19 virusini aniqlovchi ekspress-test namunalari mahalliy muqobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga olib kelindi.

Yana bir fuqaroda koronavirus aniqlandi 

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni bir kishiga oshib, 50 nafarga yetdi.

«Kasallikning tarqalish zanjiri davom etishi mumkin» — Baxrom Almatov koronavirus haqida 

Davlat bosh sanitariya vrachi Baxrom Almatovning ogohlantirishicha, koronavirus tarqalishining zanjiri geometrik progressiya tarzida o‘sib ketishi mumkin. U koronavirus bemorlari bilan muloqotda bo‘lmagan qizda ham infeksiya aniqlangani hamda 5 nafar bemorda kasallik alomatlari yo‘qolganligini ma’lum qildi.

Xitoy Xubey bilan transport cheklovlarini bekor qilmoqda 

Xitoyning Xubey provinsiyasida epidemiologik vaziyat yaxshilandi, hududda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. 25 mratdan provinsiya, 8 apreldan esa ma’muriy markazi Uxan chegaralari ochiladi.

Koronavirus bemorlari: 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qizlar 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 49 kishida koronavirus infeksiyasi qayd qilingan. Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qizlar. Bemorlarning 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan bo‘lgan.

Fuqarolarni charter reyslar orqali O‘zbekistonga evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi 

Prezident topshirig‘i bilan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Moskva, Istanbul, Seul va boshqa shaharlardan charter reyslari amalga oshiriladi.

Yunusobodliklar uchun elektr energiyasining bazaviy me’yori bekor qilinmoqda 

Karantin munosabati bilan Toshkentning Yunusobod tumani aholisi uchun elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yorini joriy etish tajribasi bekor qilinishi kutilmoqda.

Senatning yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi 

Senatning yalpi majlisi karantin sababli videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Senatorlar O‘zbek tili bayrami kunini belgilash, bir qator kodekslarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarni ko‘rib chiqadi.

Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi 

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda 

Qonunchilik palatasi deputatlari karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizi sog‘aydi 

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizdan ziyodi sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 4735 nafar bemor qolgan.