7 iyun, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Koronavirus

Bugun, 00:24

Kun davomida 87 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 87 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 4094 taga yetdi. 3 nafar bemorning aholi o‘ta og‘ir.

Kecha, 19:20

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor vafot etdi

Toshkentda sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan 70 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirusdan olamdan o‘tganlar soni 17 nafarga yetdi.

Kecha, 02:17

COVID-19: Infeksiya yuqtirganlar soni 4000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4000 nafardan oshdi. “Yashil” hudud hisoblangan Qashqadaryoda yangi kasallanish holati qayd etildi. Shuningdek, 160 kishi sog‘aydi, 13 bemorning ahvoli og‘ir.

5 iyun 2020, 17:28

Yana 22 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 3987)

Koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 3987 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlardan 9 nafari aholi orasida qayd etildi (Toshkent shahrida — 8, Namangan viloyatida — 1). Hozirgacha kun davomida 48 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

5 iyun 2020, 14:52

Bolalar bog‘chalarining xavfsiz faoliyati uchun talablar ishlab chiqilmoqda

Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va xalqaro tashkilotlar ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibini ishlab chiqilmoqda.

5 iyun 2020, 14:19

So‘nggi 14 kun davomida aholi orasidan 412 ta COVID-19 holati aniqlangan

So‘nggi ikki hafta davomida tasdiqlangan 937 ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatidan 412 nafari — aholi orasidan, 525 nafari — xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlanganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, respublika laboratoriyalarida jami 750 mingtaga yaqin test sinovlari o‘tkazilgan.

5 iyun 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 3965 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 26 nafarga ortib, jami 3965 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 12 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolganlari Samarqand, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

4 iyun 2020, 17:15

Koronavirus bemorlari soni 3900 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 35 nafarga ortib, jami 3909 kishiga yetdi. Yangi holatlarning barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Bunda, 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar va 8 nafari esa aholi orasida qayd etilgan.

4 iyun 2020, 15:54

Shvetsiya bosh epidemiologi qat’iy karantin kiritilmaganidan afsusda

Shvetsiya bosh epidemiologi mamlakatda koronavirus epidemiyasining boshidanoq qat’iy karantin cheklovlarini o‘rnatilmaganidan afsuslanishini aytdi. Hozirda, mamlakatda koronavirusdan o‘lim darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan bo‘lib qolmoqda, kasallanganlarning 11,6 foizi vafot etgan.

4 iyun 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 3874 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 31 nafarga ortib, jami 3874 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 8 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

4 iyun 2020, 08:10

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi

15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bunda, avtobus yakuniy bekatda dezinfeksiya qilinishi, salonga faqat niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish va haydovchilarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash talab etiladi.

4 iyun 2020, 07:50

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.

4 iyun 2020, 07:30

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi

5 iyundan boshlab “sariq” hududlarda mehmonxonalar hamda ochiq havodagi restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ravishda, “yashil hududlarda” trenajer zallari, ta’lim markazlari, diniy tashkilotlar va madaniyat obyektlari faoliyatiga ma’lum shartlar asosida ruxsat beriladi. Jumladan, masjidlarda namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash kerak bo‘ladi.

3 iyun 2020, 22:02

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi

72 yoshli koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi. Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.

3 iyun 2020, 17:37

Yana 46 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 3815)

Koronavirus holatlari 46 taga ko‘payib, jami 3815 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlarning 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va qolgan 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 54 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

3 iyun 2020, 17:09

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni jami 3014 nafar kishiga yetdi. Tuzalganlarning 43 nafari Toshkentdagi uchta tibbiyot maskanlaridan, 42 nafari Navoiy viloyatidan va 10 nafari esa Samarqanddan. Kun davomida tuzalganlarning soni 95 kishiga yetdi.

3 iyun 2020, 13:29

“Qishloq xo‘jaligi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega”

Jahon banki qishloq xo‘jaligi COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotini barqarorlashtirishga qodir deb hisoblaydi. Pandemiya sababli oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qanday muammolar yuzaga kelishi va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida JBning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya xulosalari.

3 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 3769 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 3769 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 7 nafari Toshkent viloyatida va 2 nafari Sirdaryo viloyatida aniqlangan.

2 iyun 2020, 23:33

Kun davomida 58 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 58 kishida koronavirus infeksiyasi tasdig‘ini topdi va jami holatlar 3760 taga yetdi. Aholi orasidagi holatlar Toshkent shahri va Buxoro viloyatida aniqlandi. 2 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

2 iyun 2020, 17:39

Koronavirus holatlari 32 taga ko‘paydi (jami — 3750)

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 32 taga ko‘payib, jami 3750 taga yetdi. Kun davomida 48 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.