Siyosat
1-martdan davlat organlari veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Asosiy qoidalar
O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Yangi tashkil etilgan davlat organlari o‘z veb-sayti faoliyatini idora tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yagona platformada yo‘lga qo‘yadi.
Mudofaa ishlab chiqarishida xususiy sektor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarur — prezident
Prezident mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga doir yig‘ilishda mudofaa ishlab chiqarishi va muhandis-texnik kadrlar tayyorlashda iqtisodiyotning xususiy sektori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini aytdi. U milliy armiyani zamonaviy qurol bilan jihozlashni davom ettirish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi.
Iqtisodiyot
Yanvar oyida O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgardi?
Yanvar oyida dollar so‘mga nisbatan biroz mustahkamlandi — atigi 0,28 foiz. Amerika valyutasining kursi 13 ming co‘mga yaqinlashdi, biroq so‘nggi haftada so‘mning qiymati ko‘tarildi.
O‘zbekistonda ayrim chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foiz qaytariladi
1-apreldan boshlab go‘sht, sut va tuxum sotishdagi tushumi daromadining 90 foizini tashkil etuvchi chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foizi qaytariladi. “Mikrokreditbank"ka 1 mln ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan “Parranda boqish — daromad topish” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratiladi.
Franklin Templeton O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi AQShning aktivlarni boshqarish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi Franklin Templeton kompaniyasi bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini imzoladi. Kompaniya jamg‘armaga o‘tishi kutilayotgan 18 ta davlat koxonasi va banki aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqaradi.
O‘zbekistonda palma yog‘ini sinovdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekistonda 1-martdan palma yog‘i hamda tarkibida shunday yog‘ va transyog‘i bo‘lgan mahsulotlarni majburiy laboratoriya sinovidan o‘tkazish talabi joriy etiladi. Bundan tashqari, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarida palma yog‘idan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Yanvarda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar hajmi 3 mlrd dollarni tashkil etdi
Prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonga 2025-yilning ilk oyida 3 mlrd dollar xorijiy investitsiya kelgani ma’lum qilindi. Fevralda ham shuncha sarmoya jalb qilish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi
O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir.
O‘zbekistonda 2024-yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi
2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi. Bandlik dasturlari tufayli 719 ming kishi kambag‘allikdan chiqarildi. Kambag‘allikning eng past ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida (5,7 foiz), eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida (11,9 foiz) qayd etilgan.
Jamiyat
O‘zbekistonda 3−9-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tarilib boradi. Dam olish kunlari janubiy viloyatlarda hatto +20 darajagacha bo‘lgan bahoriy harorat kutiladi. Ish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni esa namgarchilik ortib, hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. U nima haqda?
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Konsepsiya davlatning dunyoviylik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga hamda mamlakatning taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Hafta davomida harorat +15 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Havo kechalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+15 darajagacha iliydi.
“Aviatsiya muzeyini ochish loyihasi muhokama qilinmoqda” — Uzbekistan Airways rahbari
Transport vazirligi rahbarligida Toshkentda aviatsiya muzeyini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda, deya ma’lum qildi Uzbekistan Airways rahbari Shuhrat Xudoyqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha 2025-yilda hal qilinishi kerak.
Andijonda erkak 13 yoshli qizga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qildi, bu ishda uning xotini vositachi bo‘ldi
Andijon viloyatida er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortildi. Erkak o‘smirga pul taklif qilib, jinsiy aloqa qilmoqchi bo‘lgan, uning oldiga qizni xotini olib kelgan.
Samarqandda Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab qochib ketdi
Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qochib ketdi. Xodim yerga yiqilib jarohat oldi, haydovchi ushlandi.
Toshkentda 203 kishi nomiga avtokreditlar rasmiylashtirgan olti shaxsga hukm o‘qildi
Sud 203 nafar fuqaroga avtokredit rasmiylashtirib, ularning har biriga 150−200 dollardan bergan olti nafar erkakka nisbatan hukm chiqardi. Banklar kartalardan qarzlarni yechib olishni boshlagan, kreditlarni rasmiylashtirgan firma xodimlari esa g‘oyib bo‘lgan. Ular jami 62 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan.
Xorazm Transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi fuqarodan 135 ming dollar so‘rab, 80 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda. U 960 metr kvadrat maydonni ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
O‘zbekistonda “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda
Hukumat qarori bilan “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovka qilishni boshlash rejalashtirilmoqda.
Tez yordamga 2024-yilda 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi
O‘zbekistonda 2024-yilda “103” xizmatiga 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan. Bunday chaqiriqlar o‘tgan yilga nisbatan 792 taga kamaygan.
O‘zbekiston chegarasidan o‘tishda avtotransportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston davlat chegarasidan avtotransportda o‘tuvchilar endi avvaldan elektron navbat olib qo‘yishi mumkin. Navbatni Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida olishi mumkin. Shuningdek, o‘tkazish punktlarida Fast track xizmati paydo bo‘ladi.
Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi
Toyloq tumanida fuqaro o‘zi yashaydigan mahalladagi chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Oqibatda tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazdi. Bu ishda jinoyat alomatlari borligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Toshkentda AQShga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Uchtepa tumanida fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Prokuratura Andijonda voyaga yetmagan qizga jinsiy aloqa taklif qilgan shaxs ishini o‘rganmoqda
Andijonda er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortilgandi. Sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan. Viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini o‘rganishni boshladi.
Jahon
Rossiya Saudiya Arabistoni va BAAni Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvi manzili sifatida ko‘rmoqda — Reuters
Saudiya Arabistoni va BAA Rossiya tomonidan Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv uchun ehtimoliy joy sifatida ko‘rilmoqda, deb yozdi Reuters. Ikki davlat ham Putinni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud a’zosi emas.
Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi
Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan keluvchi tovarlarga keng miqyosli bojlar joriy etdi. Ottava va Mexiko allaqachon javob choralarini e’lon qildi, Xitoy JSTga shikoyat qilishga va’da berdi. YeI mahsulotlari ham bojga tortilishi mumkin. Yangi savdo urushi haqida nimalar ma’lum — “Gazeta.uz” materialida.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!