Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Navoiy viloyatining shimolida va kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari hali ham sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0−5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni 5−8 daraja iliqqacha, janubda 10−12 daraja iliqqacha isitadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda juma kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Harorat 2−4 daraja iliq bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 2−5 daraja sovuq, kunduz kunlari 5−8 daraja iliq bo‘ladi.