Bundan 102 yil muqaddam — 1923-yilning 30-yanvar kuni o‘tmishning taniqli rejissyorlaridan biri Leonid Gayday tavallud topgan edi. 1960−1990-yillar oralig‘ida u tomonidan suratga olingan o‘nlab qisqa va to‘liq metrajli filmlarning aksariyati o‘zbek tiliga ham o‘girilgan bo‘lib, bu filmlarda yangragan ko‘plab gaplar xalq orasida ommalashib, og‘zaki ijodning bir qismiga aylanib ulgurgan.
Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” filmlari asosida test tayyorladi; shunday testlar bor ekan, g‘am-g‘ussaga ne hojat?!