Siyosat
O‘zbekiston va Ozarbayjon ID kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiylari ID kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda. Bu ikki mamlakat fuqarolariga “zagran” pasportsiz chegarani kesib o‘tish imkonini beradi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkum fuqarolarni bir-biriga topshiradi. Qonunchilik palatasi bu haqdagi qonunni qabul qildi. Hozirda O‘zbekistonda 45 nafar qirg‘izistonlik, Qirg‘izistonda 96 nafar o‘zbekistonlik mahkum o‘z jazosini o‘tamoqda.
Deputatlar Suv kodeksi bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi va Senatga yubordi
Qonunchilik palatasi deputatlari Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.
Ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi
O‘zbekistonda ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi. Ma’muriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va ajrim bo‘yicha choralar ko‘rmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolati ham beriladi.
Iqtisodiyot
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuziladi
Tomorqa va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuzilib, uning huzurida UzAgroStar xoldingi va meva-sabzavot yetishtiruvchi kompaniyalar tashkil etiladi. Foydalanilmagan yerlar uchun soliq stavkasi oshiriladi.
O‘zbekistondagi 250 mingta uy va obyekt quyosh panellari bilan jihozlanadi — Bosh prokuratura
2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi.
Jamiyat
Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi
Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechalari sovuq saqlanib turadi
Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi harorat +5…+8 daraja, janubda esa +10…+12 darajagacha iliydi.
Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan Andijondagi Navoiy bog‘ida qurilish ishlari bo‘lmasligi ma’lum qilindi
2024-yilning kuzida Andijondagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida ishbilarmonlik markazi, ko‘p qavatli turar joy majmualari qurilishi ma’lum bo‘lgandi. Bu esa jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, bog‘ faqat rekonstruksiya qilinadi va zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.
️Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
E️ndi oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi. Ehtiyoj 4 yillik davrga ishlanib, tendensiyalar asosida platformaga tuzatishlar kiritiladi. Unda rasmiy band aholi soni, bo‘sh ish o‘rinlari va bitiruvchilar haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
Toshkent viloyatida erkak tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi
Angren shahrida 31 yoshli telefon ustasi tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi. Erkak pulni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
O‘zbekistonda deputatlar fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Konsepsiyada diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.
O‘zbekistonda 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi
2024-yilda O‘zbekistonda 9364 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, shundan 3045 tasi (32,5%) yuk mashinalari va yo‘lovchi tashuvchi transportlar ishtirokida sodir bo‘ldi. YTHlarning deyarli yarmi Damas ishtirokida bo‘lgan. 351 ta YTHda haydovchilar rulda uxlab qolgan, oqibatda 189 kishi halok bo‘lgan.
Jurnalist Ruxsora G‘ofurova IIBga chaqirtirildi, bank mansabdorlariga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zi nima gap?
MY5 telekanali muxbiri Ruxsora G‘ofurovaning o‘zgalar nomiga kredit olganlikda gumon qilinayotgan bank xodimasi haqidagi materiali muhokamalarga sabab bo‘ldi. Material sabab jurnalist IIBga chaqirtirilgan. Bank mansabdorlariga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Gazeta.uz” jarayon tafsilotlarini o‘rgandi.
Janubiy Koreyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p — Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar orasida shartnomadagi ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p uchrayapti. Hozir u yerdagi O‘zbekiston fuqarolarining 9,6 foizi nolegal maqomida. Migratsiya agentligiga ko‘ra, “agar ko‘rsatkich 10 foizga yetsa, Koreya biz bilan migratsiya aloqalarini to‘xtatishi mumkin”.
Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun tajovuzkorlar qanday jazolanyapti va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda nimalarni o‘zgartirish kerak?
Nemolchi.uz loyihasi faoli Nigina Xudaybergenova Jinoyat kodeksiga 2023-yili kiritilgan maishiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi modda qanday qo‘llanilayotganiga aniqlik kiritish maqsadida sudlarning 400 dan ortiq qarorlarini o‘rganib chiqdi. Asosiy xulosa — ayollarni himoya qilish uchun bitta modda yetarli emas.
Madaniyat
Test: Leonid Gayday filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
“Ishbilarmon kishilar”, “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Gugurtga ketib” kabi filmlarning tarjimalari o‘zbek dublyaj san’atining eng yorqin namunalaridir. Bir rejissyor tomonidan suratga olingan bu filmlardagi ko‘p gaplar “qanotli ibora"ga aylanib ketgan. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.
Sport
Chempionlar ligasi o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi: “Manchester Siti” “Real” bilan o‘ynaydi
Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga o‘tish o‘yinlari uchun qur’a tashlandi. “Manchester Siti” nimchorak final yo‘llanmasi uchun “Real” bilan o‘ynaydi. Bu juftlik g‘olibini esa keyingi bosqichda “Atletiko” yoki “Bayer” kutadi.
Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi bo‘ldi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rais etib saylandi.
Jahon
Vashingtondagi aviahalokat paytida aeroportda dispetcherlar yetishmagan, vertolyot esa keragidan balandroq uchgan — NYT
American Airlines yo‘lovchi samolyoti harbiy vertolyot bilan to‘qnashgan kuni Vashington aeroportida dispetcherlar yetishmagan, deb yozmoqda NYT. Bundan tashqari, vertolyot belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqib, me’yordan yuqori balandlikda uchgan.
Qozog‘istonda QQSni 12 foizdan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda
Qozog‘istonda “budjet inqirozi” fonida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 dan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda. Ayni vaqtda ish beruvchilarning ijtimoiy solig‘i va majburiy pensiya to‘lovlarini bekor qilish taklif qilinmoqda. Qosim-Jomart Toqayev ham soliq islohotlari zarur ekanini ta’kidladi.
Tramp juda ko‘p gapirayotgani uchun Oq uy qo‘shimcha stenografistlarni yollamoqchi
Donald Trampning nutqlarini qayd etib ulgurilmayotgani uchun Oq uy qo‘shimcha stenografistlarni yollashni reja qilmoqda. Tramp, xususan, lavozimining birinchi haftasida omma oldida salkam 8 soat gapirdi va 81,2 mingta so‘z ishlatdi.
Ukraina urush boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarining 30 ga yaqin fuqarosini asirga olgan — Ukraina Adliya vazirligi
Ukraina Adliya vazirligi 2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Markaziy Osiyo davlatlarining 30 ga yaqin fuqarosi Ukraina tomonidan asirga olingani haqida xabar berdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!