Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 20 kishidan oshdi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar qildi.

Diplomatik idora xabariga ko‘ra, 30-yanvar holatiga ko‘ra, Turkiya hududida soxta spirtli ichimlikdan zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Ularning ikki nafari ayol.

Vafot etgan barcha fuqarolarning jasadlarini O‘zbekistonga olib ketish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, ba’zi vatandoshlar davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqishgan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda. O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu masala bo‘yicha nazoratni davom ettirmoqda.