Siyosat

dayjest

Mirziyoyev Vashingtondagi aeroportda yuz bergan aviahalokat yuzasidan Trampga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti AQShning Vashington shahridagi aeroportda aviahalokat yuz berishi oqibatida bir necha o‘nlab insonlar halok bo‘lgani yuzasidan Donald Trampga ta’ziya yo‘lladi.


dayjest

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar va shahar jamoatchiligi ham qatnashdi. Foto.


Iqtisodiyot

dayjest

Payme onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasi Payme`ni onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega operator sifatida e’tirof etdi. Bunga kompaniya tomonidan taqdim etilgan xabarnoma asos qilib olingan.


dayjest

O‘zbekiston 2027-yildan kartoshkaga ehtiyojni to‘liq ichki imkoniyat hisobidan qoplashni reja qilmoqda

O‘zbekiston 2027-yildan boshlab kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojni ichki imkoniyat hisobidan qoplamoqchi. Bu haqda prezident bilan uchrashuvda ma’lum qilindi. 2025-yilda kartoshkachilikni rivojlantirish uchun 400 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. O‘tgan yilda mamlakatda ushbu mahsulot deyarli 40 foizga qimmatlagan.


dayjest

Alibaba Cloud O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Davlat soliq qo‘mitasi Alibaba Cloud kompaniyasi O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi. U O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 65-chet el internet kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniya Alibaba Group`ning shu’ba korxonasi bo‘lib, onlayn biznes uchun bulutli hisoblash xizmatlarini taqdim etadi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Tezyurar va yotoqli poyezdlarning biletlari narxi ko‘tariladi, Toshkent viloyatida issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari narxi oshadi, avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanishi shart bo‘ladi — 2025-yil 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?


dayjest

O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Fevral 6−7 kun davom etadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari 0…-5 daraja, kunduz kunlari +3…+15 daraja atrofida bo‘ladi. So‘ngra oy oxirigacha kechasi −13…+7, kunduzi 0…+15 gradusgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.


dayjest

So‘rovnoma: Islom Karimov davrida nima yaxshi-yu, nima yomon edi?

30-yanvar — O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. O‘zbekistonni 1989-yildan 2016-yilgacha, ya’ni vafotiga qadar boshqargan Islom Karimovning rahbarlik davrini o‘zbekistonliklar qanday xotirlaydi? “Gazeta.uz” poytaxt ko‘chalarida bo‘lib, aholiga bir qancha savollar bilan yuzlandi.


dayjest

O‘zbekistonda dorixonalarning giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi. Shifokor faqat 1 nomdagi giyohvandlik vositasini yetti kunlik ehtiyojdan oshmagan holda yozishi kerak.


dayjest

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida uch kishiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.


dayjest

Buxoro viloyatida Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Cobalt haydovchisi to‘satdan harakatlanib, ulardan birini urib ketdi. Voqea yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


dayjest

Xalqaro avtomobil transporti sohasida professional haydovchilarni tayyorlash o‘quv markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilar tayyorlovchi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi. O‘quv jarayonlari Yevropa ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi.


dayjest

Yerdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi keshbek sifatida qaytarib beriladi

O‘zbekistonda bir sotixda 5 mln so‘mdan yuqori rasmiy daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi keshbek sifatida qaytarib beriladi. Aksincha, tomorqasiga ekin ekmaganlardan yer solig‘i oshirilgan miqdorda undiriladi. Shuningdek, dehqonlar va eksportchilarni bog‘laydigan marketpleys tashkil etiladi.


dayjest

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi

Poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyni Moddiy madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish reja qilinmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi ijtimoiy tarmoqlarda uning buzilish ehtimoli haqidagi tarqalgan xabarlarga javoban ma’lum qildi.


dayjest

Toshkent viloyatidagi bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatganlar jarimaga tortildi

Piskent tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida kobra ilonlari bilan tomosha ko‘rsatildi. Sud tomosha uyushtirgan ikki shaxsga jarima jazosi qo‘lladi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari o‘rinbosari ularning dasturi bilan to‘liq tanishib chiqmagani uchun ishdan olindi.


dayjest

O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi

IIV O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 800 mingdan ortiq shaxs ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili fuqarolar nima maqsadda bunday ro‘yxatga kiritilganiga izoh berib, ularga faqat yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.


dayjest

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llar bo‘ylarida Service point va Service area obyektlari quriladi

O‘zbekistondagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida Service point — avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, do‘konlar, texnik servis punktlari, sanitariya-gigiena shoxobchalari tashkil etiladi.


dayjest

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.


dayjest

O‘zbekistonda veyplarni import qilish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi

O‘zbekiston deputatlari elektron sigaretalarni (veyplar) mamlakatga olib kirish va ularning muomalasini taqiqlash haqidagi qonunni qabul qilib, uni Senatga yubordi. Parlament a’zolari hujjatni ikkinchi va uchinchi o‘qishda hech qanday savollarsiz, bir ovozdan ma’qulladilar.


dayjest

Tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi

Tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi. Qonun bilan tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish hamda uni ko‘rib chiqish asoslari belgilandi.


Jahon

dayjest

AQShda samolyot halokatga uchradi. Bortdagilarning barchasi vafot etgan bo‘lishi mumkin

American Airlines`ning Bombardier CRJ700 samolyoti 60 nafar yo‘lovchi bilan halokatga uchradi. U Vashingtonning Reygan nomidagi milliy aeroporti yaqinida AQSh armiyasi vertolyoti bilan to‘qnashib, Potomak daryosiga qulab tushdi.


dayjest

Ahmad al-Sharaa Suriyaning yangi prezidenti bo‘ldi

Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa (al-Jo‘loniy) mamlakat prezidenti deb e’lon qilindi. Xavfsizlik xizmati va armiya tarqatib yuborildi. Sharaa milliy konferensiya, inklyuziv hukumat va yakuniy saylovlarni o‘z ichiga olgan siyosiy o‘tishni boshlashga va’da berdi.


dayjest

Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonlik soni 23 kishiga yetdi

Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 23 nafarga yetdi. Ularning orasida ikki nafar ayol ham bo‘lgan.


dayjest

HAMAS uch isroillik va besh xorijlikni ozod qildi

HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim doirasida garovdagi uch isroillikni va besh nafar tailandlik fuqaroni ozod qildi. Bunga javoban Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!