Toshkent Fotosuratlar uyida 24-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Fotorassomlar shu’basiga a’zo 22 fotosuratchi va 50 ga yaqin fotohavaskorning qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi.
Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”
Fotosuratlar uyining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda oxirgi ikki yilda olingan 500 ga badiiy surat namoyishga qo‘yilgan. Ular asosan tabiat, sport, milliy an’analar, madaniyat kabi mavzularga aloqador.
Ko‘rgazma 2-fevralgacha davom etadi.
20 yilligini nishonlayotgan Toshkent Fotosuratlar uyi
“Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ko‘rgazma ochilishida qatnashib, fotoreportaj tayyorladi.