Iqtisodiyot

dayjest

O‘rtacha ish haqi 5,36 mln so‘mgacha oshdi. Bu so‘nggi yillardagi eng past o‘sish sur’ati

2024-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mdan oshdi, bu 2023-yilga nisbatan 17,4% ko‘p. Bu, shuningdek, so‘nggi yetti yildagi eng past o‘sish sur’ati (pandemiyali 2020-yildan tashqari). Toshkentda ko‘rsatkich 9 mln so‘mdan ortdi (+21,4%). O‘qituvchi va shifokorlarning maoshi sekinroq o‘smoqda.


dayjest

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi (Toshkentdan Angrengacha va Qamchiq dovoni).


dayjest

1-apreldan retseptsiz beriladigan dorilar uchun cheklangan savdo ustamalari tatbiq etilmaydi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi. Bu distribyutorlar uchun cheklangan ustama bazaviy narxning 15 foizini, dorixonalar uchun xarid narxining 20 foizini tashkil etardi.


dayjest

O‘zbekistonda bir qator import dorilarga boj joriy etilmoqda

O‘zbekistonga bir qator dori-darmonlarni olib kirish uchun 2 foiz miqdorida bojxona boji joriy etilmoqda. Ular orasida antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanish hamda virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar bor.


dayjest

“Asosiy maqsad — bozorni himoya qilish”. Farmagentlik — bir qator dorilarga boj joriy etilishi haqida

Import dori vositalariga (antibiotiklar, virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar) 2 foizli boj joriy etilishi O‘zbekiston bozorini himoya qilish bilan bog‘liq, deya izoh berdi Farmatsevtika agentligi “Gazeta.uz"ga. Agentlik boshqa davlatlarda ham dorilar importiga bojlar joriy qilinganini ta’kidladi.


Jamiyat

dayjest

Smogmi yo tuman? Toshkentliklar yana rasmiylardan javob ololmadi

Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi. Aholi kun bo‘yi ijtimoiy tarmoqlarda bu havodan nafas olish xavfsizmi, kabi savollarni berdi. Ammo doimgidek na javob, na maslahat, na biror tavsiya taqdim qilindi.


dayjest

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi

Mirobod tumanida avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.


dayjest

Elektron do‘konlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilda elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81,9 foizi ijobiy hal etilgan. Muammolarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq.


dayjest

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi

2024-yilda O‘zbekistonda 2023-yilga nisbatan tug‘ilish 3,7 foizga kamayib, 926,4 mingta bola tug‘ildi. Bu 2017-yildan beri tug‘ilishning birinchi marta kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘limlar soni ketma-ket ikiinchi yil ko‘paydi, nikohlarda esa 2022-yilda boshlangan pasayish davom etmoqda.


dayjest

Qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi

O‘zbekistonning uchta hududida qo‘shni davlatlardan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


dayjest

Toshkentdagi KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga yangi yo‘l ochildi

Kichik halqa avtomobil yo‘lidan eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘lining rekonstruksiyasi yakunlandi. Maxtumqulidan KHAYga chiqish o‘ngga burilish orqali tashkil etildi. KHAYga chiqqanda ham o‘ngga, ham chapga burilish imkoniyati mavjud. Avvalgi Maxtumqulidan KHAYga chapga burilish endi yopiq.


dayjest

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi

Farg‘ona politexnika instituti va TATU Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil qilinadi. Yana uchta oliygoh negizida esa Qo‘qon davlat universiteti ochiladi.


dayjest

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

Farg‘onaning Rishton tumanida kulolchilik tarixiga oid muzey tashkil etiladi. 1-aprelga qadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi o‘z faoliyatiga to‘liq moslashtiriladi.


dayjest

Farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi.


dayjest

Elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflar ishlab chiqish buyurildi — vazir

O‘zbekistonda elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Avvalroq u 1-yanvardan gazsiz uylar uchun elektr energiyasiga chegirma joriy etilishini aytgandi, ammo bu amalga oshmadi.


dayjest

O‘zbekistondan chiqib ketayotgan yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mamlakatdan chiqib ketayotgan yuk transportlari uchun elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Bu chegarani kesib o‘tish vaqtini tezlashtirishi va yuk tashish hajmini oshirishi zarur.


Madaniyat

dayjest

Saudiya Arabistonidagi Islom san’ati biyennalesida O‘zbekiston muzey artefaktlari namoyish etildi

O‘zbekiston Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) ochilgan ikkinchi Islom san’ati biyennalesida ishtirok etmoqda. Mamlakat noyob muzey ashyolari, jumladan, VIII asrga oid Kattalangar Qur’oni, XVI asrga oid “Zij-i Ulug‘bek"ning astronomik jadvallari va boshqa artefaktlarni namoyish qilmoqda.


dayjest

Toshkent Fotosuratlar uyining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmadan reportaj

Toshkent Fotosuratlar uyida 70 ga yaqin porofessional va havaskor fotorassomlarning 500 ga yaqin ishi namoyishga qo‘yildi. Ularda tabiat, sport, milliy an’analar, madaniyat kabi mavzular aks etgan. Ko‘rgazma 2-fevralga qadar davom etadi.


Jahon

dayjest

Mingga yaqin o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilinishi mumkin

975 nafar o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya xavfi ostida. Ular ICE’ning yakuniy qarorini olgan, ammo turli sabablar bilan hali hibsga olinmagan migrantlar ro‘yxatida. Ayrim davlatlar fuqarolarini qabul qilmayotgani va huquqiy to‘siqlar tufayli jarayon nafaqat kechikishi, balki to‘la amalga oshmasligi mumkin.


dayjest

ChatGPT raqobatchisi. Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekti haqida nimalar ma’lum?

Xitoyning DeepSeek startapi OpenAI`ning ChatGPT`sidan qolishmaydigan, ammo ishlab chiqarish narxi bir necha barobar arzonroq bo‘lgan sun’iy intellekt modelini yaratish orqali jahon fond bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi. DeepSeek haqida nimalar ma’lum va u qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi — “Gazeta.uz” sharhida.


dayjest

“Belni mahkam bog‘lash va imkoniyatga yarasha yashash vaqti keldi”. Toqayev — Qozog‘iston hukumatiga

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev hukumatdan hozirgi dunyo voqeligi kontekstida “belni mahkam bog‘lab, imkoniyatga yarasha yashashni” talab qildi. Shuningdek, u Qozog‘iston eng yaqin qo‘shnilari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni “yangi bosqichga” ko‘tarishi zarurligini ta’kidladi.


dayjest

AQSh sudi Trampning federal grantlar va kreditlarni muzlatish qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Donald Tramp ma’muriyatining federal grantlar va kreditlarni muzlatish haqidagi buyrug‘ini to‘xtatdi. Oq uy o‘z qarorida moliyaviy yordam dasturlarining prezident siyosatiga muvofiqligini tekshirishni talab qilgandi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!