Izzatulla Nigmatullayevich Ziyavidenov Toshkent shahri hokimining yordamchisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati. Bu lavozimda u Boburjon Abdurahimov o‘rnini egalladi.

Izzatulla Ziyavidenov 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2018-yildan buyon shahar hokimligi tizimida bir qator rahbar lavozimlarda ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi ham bor. Bu lavozimda Zafarxo‘ja Orifovich Tursunov faoliyat yuritadi.