2024-yilda O‘zbekistonda 4906 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2023-yilga (3575) nisbatan 37,2 foizga ko‘pdir, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari soni 3821 tani tashkil etdi, bu 2023-yilga (3412) nisbatan 12 foizga ko‘p.

Sudlanganlarning 71 nafari (2023-yildagi 49 ga nisbatan, +44,9%) vazirlik, idoralar va tashkilotlarning respublika boshqarmalari xodimlari hisoblanadi, 410 nafari (267, +53,6%) — viloyat, 4425 nafari (3259, +35,8%) — tuman (shahar) boshqarmalari.

Mansabdorlar quyidagi turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortildi:

  • o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish — 2929 (2023-yilda — 2205, +32,8%);
  • pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish — 353 (195, +81%);
  • firibgarlik — 447 (272, +64,3%);
  • mansab vakolatini suiiste’mol qilish — 226 (397, -43%);
  • mansab soxtakorligi — 13 (36, -68,9%);
  • mansabga sovuqqonlik bilan qarash — 40 (25, +60%);
  • mansab vakolati doirasidan chetga chiqish — 13 (30, -56,7%);
  • boshqa jinoyatlar — 885 (415, +2,1 baravar).

Mansab suiiste’molligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zarar 2,3 barobar — 1,55 trillion so‘mdan 3,61 trillion so‘mga (taxminan $278,5 million) oshgan. Dastlabki tergov davomida 2 trillion 343 milliard so‘m (1,31 trillion so‘m) undirilgan. Shu bilan birga, qoplangan zarar ulushi 65 foizni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan (84,7 foiz) kamroq.