Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan qutladi
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti saylov natijalari Belarus xalqi amaldagi prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani va islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotgani tasdig‘i ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi
O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lining keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha shartnomani uzaytirdi. Liniyaga xizmat ko‘rsatish “O‘zbekiston temir yo‘llari” shu’ba korxonasi hisoblangan “Sogdiana trans” MCHJda saqlanib qoladi.
Mansabdorlarning jinoiy harakatlaridan ko‘rilgan zarar 3,6 trln so‘mga yetdi
2024-yilda O‘zbekistonda 4900 dan ortiq mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2023-yilga nisbatan 37,2 foizga ko‘p. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 3,6 trln so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘proq zarar yetkazdi.
Iqtisodiyot
Toshkentdagi ofis egalari nima uchun ijarachi topa olmayapti va buni qanday hal qilish mumkin? Tadqiqot
2024-yilda Toshkentda ofis binolari ko‘paydi, biroq ularning katta qismi bo‘sh turibdi. Ko‘chmas mulk egalari qanday qilib tezroq ijarachi topishi va kelajakda taklif qanday o‘zgarishi mumkin? CMWP Uzbekistan konsalting kompaniyasining yillik hisoboti sharhi — shu haqda.
JSTga a’zolikning yakuniy maqsadi iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir — Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva JSTga a’zo bo‘lishdan yakuniy maqsad xalq farovonligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazish ekanini ta’kidladi. U tashkilotga a’zo bo‘lish uchun harakat 2025-yilda ham katta sur’atda davom ettirilishini aytdi.
Jamiyat
O‘zbekistonda 27−31-yanvar va 1−2-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
O‘zbekistonda hafta davomida sovuq havo hukm suradi, ammo bu qahraton qish, degani emas. Dushanba va dam olish kunlari kunduzi iliqroq bo‘lsa-da, chorshanba-juma kunlari harorat sezilarli pasayadi. Hafta o‘rtasida joylarda u qadar ko‘p bo‘lmagan, asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kutilmoqda.
Seshanbadan hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
Seshanba kuni ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan sovuq havo massalari butun respublikaga tarqala boshlaydi, qor va yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 0…-8, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayadi.
Archa ustidagi mo‘'jiza. Paxta, qovoq va shishadan qoyilmaqom archa bezaklarini yasayotgan toshkentlik va samarqandlik hunarmandlarning hikoyalari
Yangi yil bayrami ramzlari orasida archa o‘yinchoqlari alohida o‘rin tutadi. Ular bayram kayfiyati va avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi, yaqinlar va bolalikning yorqin xotiralarini o‘zida saqlaydi. “Gazeta.uz” archa bezaklari yasaydigan hunarmandlar bilan suhbatlashdi.
Toshkentdagi Do‘stlik bog‘i qanday bo‘ladi? Investor bilan ochiq suhbat
O‘zbekiston prezidentiga Do‘stlik bog‘ining CM International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyasi taqdim etildi. “Gazeta.uz” Do‘stlik bog‘i investori — BMP Smart Decision kompaniyasi bilan sud jarayonlari, muloqotda yo‘l qo‘yilgan xatolar, daraxtlarning kesilishi va yangi loyiha haqida suhbatlashdi.
Surxondaryoda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi
Termiz tumanida Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi.
Qozog‘iston bilan chegaradagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta ochildi
O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda.
Nima uchun norentabel sovet sanatoriyalaridan voz kechmaslik kerak va ularning daromadliligini qanday oshirish mumkin?
Sanatoriyalarda dam olish — sobiq sovet mamlakatlarida xordiq chiqarishning eng keng tarqalgan shakli cifatida hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston sanatoriyalarining o‘ziga xosligi nimada va ularga qanday qilib yangi hayot baxsh etish mumkin — ATLAS hududiy rivojlantirish byurosining maqolasi shu haqda.
“Dovud ota” postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytish uch oyga to‘xtatiladi
Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Tajen” — “Dovut ota” chegara o‘tkazish punktlarida harakatlanish 1-fevraldan vaqtincha to‘xtatiladi. Uch oy davomida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Cheklov ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarga tatbiq etilmaydi.
Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Universitetda ta’lim jarayoni Turkiya oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.
Farg‘onada Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Farg‘onaning Qo‘qon shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytib, undan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Andijondagi don korxonalariga manipulyatsiya harakatlari uchun jarima qo‘llandi
Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatidagi 3 ta don korxonasiga manipulyatsiya harakatlari uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Ularga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Toshkent metrosida 2024-yilda yo‘lovchilar oqimini 57 foizga oshdi
2024-yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchini tashidi, 2023-yilgiga qaraganda 98,3 million kishiga ko‘p.
Jahon
Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovida g‘olib bo‘ldi — Belarus MSK
Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1994-yildan beri hokimiyat tepasida turgan Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovlarida 86,82% ovoz to‘plagan. Bu uning yettinchi muddati bo‘ladi. YeI rasmiylari saylovlarni soxta deb atadi va ular “erkin va adolatli” bo‘lmaganini aytdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!