Asarda zamonamiz insonlarining hayotidagi noaniqliklar va o‘z-o‘zini anglash jarayoniga urg‘u berilgan. Unda murakkab ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar, insonning ichki kurashlari hamda jamiyatdagi anomaliyalar yorqin tasvirlangan. Shuningdek, iqtisodiy beqarorlik va muhojirlik muammolari yoritilgan. Ular qahramonlarning qaror va ichki kurashlarida aks etadi.
Romanda anomaliya sababli qahramonlarning qadriyatlari va o‘ziga ishonchi sinovdan o‘tadi. Har bir qahramon hayotidagi anomaliyalarni qabul qilish, ulardan saboq olish va o‘z yo‘lini topishga intiladi. “Anomaliya” romani hayot murakkabligi, inson ruhiyatining xilma-xilligi va kutilmagan hodisalarga qanday munosabatda bo‘lish haqida o‘ylashga undaydi.
Kitob qisqa muddatda Fransiyada bestsellerga aylangan va nufuzli Gonkur mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ushbu xalqaro bestseller murakkab syujeti va jonli hikoyalari bilan kitobxonni hayratlantiradi. Shu bilan birga, individuallik, shaxsiy tanlov va voqelik mohiyati borasida chuqur o‘ylashga chorlaydi.
Erve Le Tellening adabiy mahorati mavjud tasavvurlarni shubha ostiga qo‘yadi hamda insonni dunyo va o‘zining undagi o‘rni haqida o‘ylashga majbur qiladi. Bu shunchaki kitob emas, balki oxirgi sahifani yopgandan keyin ham uzoq vaqt davomida xotirada saqlanib qoladigan qimmatli tajribadir.
Kitob Asaxiy Books va Xalq banki hamkorligida chop etilgan. Mazkur tashkilotlar jamiyat uchun foydali kitoblar chiqishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
“Anomaliya” kitobini internet-do‘kon yoki Asaxiy’ning 9 ta filiali orqali xarid qilish mumkin. Buyurtmalar O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi.
Kitob va buyurtma haqida havola orqali ma’lumot olish mumkin.
Asaxiy.uz saytida kitoblardan tashqari maishiy texnika, elektronika, kompyuter jihozlari, smartfon va gadjetlar ham sotuvda mavjud. Qulaylik uchun onlayn muddatli to‘lov xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Reklama huquqlari asosida.