O‘zbekiston prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi farmoyishi bilan sud tizimida qator tayinlov va lovozimdan ozod etishlar amalga oshirildi. Bu haqda Oliy sud Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan:

  • Abduraxman Bakayevich Safayev yozma arizasiga asosan Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan;
  • Jamshid Shuxratilloyevich Xomidov yozma arizasiga asosan Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, farmoyishiga muvofiq:

  • Novruz Babakulovich Raxmanov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
  • Sardor Taxirovich Jo‘raboyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
  • Abdunosir Abduxamitovich Igamberdiyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
  • Zoir Amanovich Rustamov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.

Senatning uchinchi yalpi majlisida esa Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senatning ushbu masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga asosan Novruz Babakulovich Raxmanov, Abdunosir Abduxamitovich Igamberdiyev, Zoir Amanovich Rustamov, Abduvoxid Abdukadirovich Kasimov va Xasan Sunatillayevich Egamberdiyev Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.