Ushbu nufuzli tadbirda GEFF va TFP dasturlari doirasidagi turli nominatsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston tijorat banklarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zmilliybank YeTTB tomonidan “„Yashil“ savdoni qo‘llab-quvvatlash dasturi: Barqaror rivojlanish sertifikatlash sxemalaridan samarali foydalanish” (Green TFP: Best Use of Sustainability Certification Schemes) nominatsiyasi bo‘yicha yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Mazkur mukofot O‘zmilliybankka barqaror rivojlanish sohasidagi salmoqli yutuqlar va xalqaro savdoni moliyalashtirish sohasida ekologik mas’uliyatni oshirishga xizmat qiluvchi sertifikatlash sxemalaridan samarali foydalangani uchun berildi. Mukofotni olish bank tomonidan barqaror rivojlanish sertifikatlash sxemalarini muvaffaqiyatli qo‘llanilishini tasdiqlaydi va uning atrof-muhit uchun mas’uliyatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ko‘rsatadi.
YeTTB O‘zmilliybankning O‘zbekistonda barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surishdagi hissasini yuqori baholadi. Bank xalqaro savdoni moliyalashtirish sohasida ilg‘or ekologik standartlarni joriy etgan GEFF dasturining sanoqli ishtirokchilaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Markaziy banki O‘zmilliybankni 2024-yilda erishilgan natijalar va joriy yilga mo‘ljallangan strategik rejalardan kelib chiqib, 2025-yil uchun mamlakatimizdagi tizimli ahamiyatga ega banklar ro‘yxatiga kiritganini alohida ta’kidlash zarur.
2024-yilda bank quyidagi moliyaviy natijalarni namoyish etdi:
- sof foyda 1,7 trillion so‘mni tashkil etdi;
- xarajatlar samaradorligi koeffitsiyenti SIR 30 foizni tashkil etdi, bu xarajatlar optimallashtirilganini ko‘rsatadi;
- iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi investitsiya loyihalarini kreditlash hajmi 38 trillion so‘mga yetdi;
- yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 18 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
So‘nggi yillarda bankning jadal o‘sishi raqamlashtirishga yo‘naltirilgan strategik investitsiyalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni doimiy ravishda takomillashtirish va yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish natijasida erishildi. 2020−2024-yillarda yuridik shaxslarning kredit portfeli 50 foizga, chakana mijozlar portfeli esa 3 barobarga oshdi. Yuridik shaxslarning depozit portfeli 90 foizga, jismoniy shaxslarniki 286 foizga o‘sdi.
Bundan tashqari, bank London fond birjasiga umumiy qiymati 411 million dollar (300 million dollar va 1400 milliard so‘m) bo‘lgan obligatsiyalarning ikki transhini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Aytish joizki, O‘zmilliybank O‘zbekiston tijorat banklari orasida birinchi bo‘lib milliy valyutadagi obligatsiyalarni xalqaro moliya bozoriga joylashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘tgan yildan buyon O‘zmilliybank O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari qatoriga kirib, TOP-10 ro‘yxatdan joy oldi. Bu bankning nafaqat moliyaviy barqarorligini, balki uning mamlakat iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan salmoqli hissasini ham tasdiqlaydi. 2024-yilda bank budjetga umumiy to‘lovlar hajmini o‘tgan yilga nisbatan 48 foizga — 1 545,8 milliard so‘mgacha oshirdi. Shundan respublika budjetiga 1 531,4 milliard so‘m, mahalliy budjetlarga 14,4 milliard so‘m yo‘naltirildi.
Bank barqaror o‘sishga yo‘naltirilgan transformatsiya strategiyasini faol joriy etmoqda va bu borada yetakchi xalqaro konsalting kompaniyasi McKinsey & Company bilan hamkorlik qilmoqda. Uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi doirasida bank mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejerlar rolini kuchaytirish, IT-infratuzilmani modernizatsiya qilish va moliyaviy boshqaruvni qayta tashkil etish, shuningdek, kichik va o‘rta biznes bilan ishlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bank rahbariyatining ta’kidlashicha, erishilgan muvaffaqiyatlarni mijozlar va hamkorlar ishonchi, jamoaning yuqori professionalligisiz amalga oshirishning imkoni bo‘lmas edi. O‘zmilliybank xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, biznes va aholining zamonaviy ehtiyojlariga javob beradigan innovatsion yechimlarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Bularning barchasi bank faoliyatini yanada barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Sayt: nbu.uz
Facebook: fb.com/uznbu
Instagram: @nbu.official
Telegram: t.me/nbu_official
Reklama huquqlari asosida.