Siyosat

dayjest

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari KSHHT tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Antoniu Koshta telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi.


dayjest

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Iqtisodiyot

dayjest

Renovatsiya dasturida joriy yilda 20 ming xonadon qurish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda joriy yilda renovatsiya dasturi asosida 20 ming xonadon qurish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Davlat rahbari bu boradagi ishlar mamlakatning qator shahar va tumanlarida allaqachon boshlanganini, buni boshqa hududlarda ham ommalashtirish zarurligini ta’kidladi.


dayjest

Senat omonatlarning kafolatlangan miqdorini 200 mln so‘mgacha etib belgilash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

O‘zbekistonda bir bankdagi bir omonatchi uchun kafolat chegarasi 200 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanib, omonatlarni to‘liq kafolatlashdan voz kechilmoqda. To‘liq kafolat avval ochilgan depozitlar uchun saqlanib qoladi.


dayjest

O‘zbekistonda yangi binolar bosqichma-bosqich “yashil” energiyaga o‘tadi

Prezident hududlardagi yangi ko‘p qavatli uylarni bosqichma-bosqich “yashil” energiyaga o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Quriladigan uy-joyni energiya bilan ta’minlash uchun quyosh elektr stansiyalari bilan shartnoma tuzgan quruvchilar foyda solig‘idan ozod qilinadi, kredit stavkasi arzon bo‘ladi.


Jamiyat

dayjest

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi

Senat bir yildan ko‘proq muddatdan so‘ng huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Tegishli modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar 10 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin.


dayjest

Dam olish kunlari quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Havo harorati kechasi −7…+3 darajagacha, kunduzi +7…+14 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda tuman tushishi mumkin.


dayjest

Avtomobilda drift qilish va “shaxmat” usulida agressiv harakatlanish uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda endi transport vositasini keskin boshqarish, ya’ni drift qilish va “shaxmat” shaklida harakatlanish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bundan tashqari, transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.


dayjest

Toshkentdagi maktabning ikki o‘quvchisida sil kasalligi aniqlandi

Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi maktabda o‘quvchi ikki qiz sil kasaliga chalingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, uch o‘quvchi va bir o‘qituvchida kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.


dayjest

IIO tarkibida migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda

Prezidentning 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida migratsion profilaktika tuzilmalari tashkil etilmoqda.


dayjest

Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro 5 yilga qamaldi

Qarshi shahrida fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va 232 mln 848 ming so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan. Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


dayjest

Elektr tariflari quvvatlarni ko‘tarish va transformatorlarni yangilash uchun oshirilyapti — HET vakili

O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiyasi uchun tariflar o‘sadi. Xususan, maishiy iste’molchilar uchun belgilangan ijtimoiy norma doirasidagi 450 so‘mlik tarif 600 so‘m bo‘ladi. Tariflar bundan avval 2024-yil 1-mayida oshirilgandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” vakili buning sabablarini qisqacha tushuntirdi.


dayjest

Haydovchilar uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Senat qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, bir yil davomida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovchi kamida 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.


dayjest

2024-yilda O‘zbekistonda 2200 dan ortiq odam YTHda halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta YTH rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 8901 kishi jarohatlangan va 2203 kishi halok bo‘lgan.


dayjest

Migratsiya agentligi: Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni 1,3 milliondan ortiq

Hozirda 1,3 mln nafardan ziyod o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilyapti. Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 600 ming nafari Rossiyada, qolgan aksariyati Qozog‘iston va Turkiyada. Tahlillarga ko‘ra, ushbu 1,3 mln fuqaroning 20 foizini ayollar tashkil etadi — muhojir xotin-qizlar soni kamaygan.


dayjest

“Germaniya hamshiralar so‘rayapti”. O‘zbekistondagi 14 ta tibbiyot texnikumi nemis standartlariga o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi 14 ta tibbiyot texnikumi 2025-yildan nemis standartlari asosida o‘qitishni boshlaydi, chunki, Migratsiya agentligiga ko‘ra, “Germaniya ish beruvchilari O‘zbekistondan to‘xtovsiz hamshiralar so‘rayapti”. 3 yillik o‘qishdan so‘ng bitiruvchilarga nemis tili bo‘yicha B2 sertifikati va xalqaro diplom beriladi.


dayjest

Ikki hududdagi politexnikumlar huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.


dayjest

O‘zbekistonda yangi xonadonlarni elektr plitalari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2025-yilda 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali bo‘ladigan qilib qurish rejalashtirilgan, deyiladi prezident yig‘ilishida. Deputat elektr energiyasidan yagona issiqlik manbai sifatida foydalanishni qo‘llab-quvvatladi.


dayjest

Toshkent viloyatida 51 yoshli ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


dayjest

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Bunday tashkilotlar xodimlari bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatda sinovdan o‘tadi.


dayjest

️Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi

V️azirlar mahkamasi qo‘mitasi huzurida Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi. Sohada davlat siyosatini yuritish va tartibga solish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish, atom energiyasi xavfsizligi bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazish tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘ladi.


dayjest

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Tegishli nizom biotexnik tadbirlar o‘tkazish usullari va maqsadi, hududlari va talablari, shuningdek, natijalarini monitoring qilishni nazarda tutadi.


Madaniyat

dayjest

2025-yil yozida Toshkent arxitekturasi va mozaikasi haqida yangi kitoblar nashr etiladi

Nemis arxitektori va noshiri Filipp Moyzer rus tilida Toshkent arxitekturasi qo‘llanmasining uchinchi nashri, poytaxt mozaikalari va aka-uka Jarskiylar haqidagi kitoblar chop etilishini e’lon qildi. So‘nggisi ilk bor nemis tilida 2023-yilda nashr etilgan. Barcha kitoblar shu yozda chiqariladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!