Toshkentning Yunusobod tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 23-yanvar kuni soat 15:20 da Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-2, Nexia-3, Spark va 2 ta Lacetti o‘zaro to‘qnashgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar haqida hech qanday xabar kelib tushmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi boshqarma axborotida.