Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yangi “Chinorkent” temiryo‘l bekati qurib bitkazildi. Bu haqda “Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, Xo‘jakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temiryo‘l qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temir yo‘l bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.

чиноркент, чорвоқ, elektropoyezd

Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirg‘anishga qarshi plitalar o‘rnatildi hamda yo‘lovchilar uchun yer osti tunneli barpo etildi.

Endilikda Toshkentdan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar elektropoyezdda Chorqov shaharchasida yaqinida joylashgan “Chinorkent” temir yo‘l bekatiga yetib kelishi mumkin.

чиноркент, чорвоқ, elektropoyezd

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabr oyida ushbu yo‘nalishda yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi. Poyezdda yo‘l haqi kattalar uchun 20 ming so‘m, bolalar uchun 11,5 ming so‘m. Sayohat uchun ATTO sayohat kartasi (jamoat transportida sayohat qilish uchun ishlatiladi) orqali to‘lash yoki onlayn chipta xarid qilish mumkin.

Yangi elektropoyezd bilan “Gazeta.uz”ning fotoreportajida tanishishingiz mumkin.