2024-yil davomida buyurtmalarni topshirish punktlari soni butun mamlakat bo‘ylab 934 taga yetdi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida faol Uzum Market punktlari tarmog‘i kengaydi. Shu bilan birga, yangi topshirish punktlarining 27 foizi 30 ming kishigacha bo‘lgan shaharlarda, 15 foizi esa 10 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlarida ochildi. Shu tariqa hatto mamlakatning chekka hududlari va kichik aholi punktlarida ham o‘zbekistonlik sotuvchilarning keng assortimentidan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

“Biz O‘zbekistonning har bir fuqarosi katta yoki kichik shaharchada oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, yirik maishiy texnikagacha bo‘lgan barcha zarur narsalarni oson va tez sotib olishini istaymiz. Shu bilan birga, kichik shahar va qishloqlar uchun Uzum Market buyurtma topshirish punktlarining paydo bo‘lishi nafaqat aholi turmush darajasi yaxshilanishini, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishi va yosh mutaxassislarning karerada rivojlanishi uchun imkoniyatlar ochilishini ham anglatadi”, — dedi Uzum Market topshirish punktlarini boshqarish bo‘yicha direktor Renata Kusainova.

Umuman olganda, Uzum Market milliy marketpleysida butun mamlakat bo‘ylab 14 000 ga yaqin tadbirkorning 1 milliondan ortiq noyob tovarlari taqdim etilgan. 2025-yilda Uzum Market yangi hamkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali buyurtma topshirish punktlari sonini 2 barobar, butun mamlakat bo‘ylab 2000 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.