Toshkent shahrida Nexia avtomobili butunlay yonib ketdi. Bu bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar qildi.

Hodisa 20-yanvar kuni soat 08:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasidagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti avtoturargohida sodir bo‘lgan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Boshqarma yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyildi xabarda.