Prezident qarori bilan Farrux Shoruxovich Rustamov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) rahbari etib tayinlandi, deb xabar qildi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.

U mazkur lavozimda 2022-yil aprelidan buyon inspeksiyaga rahbarlik qilib kelayotgan A’zam Abdullayev o‘rnini egalladi.

Farrux Rustamov 2024-yil yanvar oyidan buyon “O‘zbektelekom” kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Avval u Toshkent shahri telefon tarmog‘i Markaziy telefon bog‘lamasi markazi boshlig‘i, “O‘zbektelekom” kompaniyasining “Toshkent shahri telefon tarmog‘i” filiali direktori va boshqa lavozimlarda ham ishlagan.