8-yanvar kuni Qamchiq dovonida qor uyumi ostida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sakkiz kishidan iborat guruh chang‘i uchish uchun toqqa chiqishgan. Sayyohlardan biri selfi qilish uchun taqiqlangan hududga kirgan, biroq sirpanib, yiqilib tushgan. Ikkinchisi uni qutqarmoqchi bo‘lganida ular — 31 yoshli ikki erkak qor ostida qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa Toshkent — Andijon — O‘sh avtomobil yo‘lining 141-kilometrida, maxsus texnika harakatlanishi uchun mo‘ljallangan zaxira hududida sodir bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.